Rossiyada Janubiy Koreyaning “LG”, Germaniyaning “Bosch” va Yaponiyaning “Sony” kompaniyalarining do‘konlari yopila boshladi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

"Kommersant"ning xabar berishicha, 2024-yil fevral oyi boshida “LG” va “Sony” do‘konlari Moskvadagi “Afimall City” savdo markazida yopilgan.

“LG” texnik ko‘magi “Kommersant"ga brend do‘konlari ta’minotlar to‘xtagani sababli yopilganini aytdi.

“LG” saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning Moskvada to‘rtta do‘koni bo‘lgan. Mart oyida janubiy koreyalik sotuvchi o‘rniga Grundig do‘koni (Turkiyaning “Archelik” kompaniyasiga tegishli) ochiladi.

“Afimall City” savdo markazidagi do‘konlarning yopilishining xuddi shunday sababini “Sony” qo‘llab-quvvatlash operatori keltirgan.

Moskvadagi yana uchta “Sony” chakana savdo shoxobchalari qoldiqlarni sotish uchun yozgacha ochiq qoladi.

“Ilgari Rossiyaning har bir shahrida „Sony“ markazi mavjud edi, ammosanksiyalarr tufayli ularning barchasi yopiladi”, dedi “Sony” qo‘llab-quvvatlash operatori.

“LG”, “Sony” va “Bosch” kabi ko‘plab xorijiy elektronika brendlari Ukrainadagi janglar boshlanganidan keyin Rossiyaga etkazib berishni muzlatib qo‘yishni boshladilar.

Bozor ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, xorijiy ishlab chiqaruvchilarning chakana sheriklari uzoq vaqt davomida ijaraga beruvchilarning jarimalaridan qochish uchun do‘konlarni yopishdan bosh tortishgan.


Avvalroq “Spot” “Siemens” Rossiyadagi biznesini yopishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Yopilishga Rossiyaga tovarlarni olib kirish bilan bog‘liq normal faoliyatini davom ettira olmaslik sabab qilib ko‘rsatilgan.