Germaniyaning “Siemens AG” kompaniyasi Rossiyadagi tuzilmasini 2024-yil fevral oyida ixtiyoriy tugatish tartibini boshlashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda kompaniyaning 2023-yil yakunlari bo‘yicha hisobotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Ixtiyoriy tugatishning sababi Rossiyaga tovarlarni olib kirish bilan bog‘liq normal faoliyatini davom ettira olmaslikdir.

Kompaniyaning eslatishicha, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli “Siemens” 2022-yil mart oyida mamlakatga yangi buyurtmalar va yetkazib berishni to‘xtatgan.

“Siemens AG” sxemasi, xususan, sanoat, intellektual infratuzilma, transport, taqsimlangan energiya tizimlari uchun avtomatlashtirish va raqamlashtirish sohasidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.

2020-yilda kompaniya “spin off"ni o‘tkazdi, natijada energiya bo‘linmasini alohida “Siemens Energy” kompaniyasiga ajratdi.


Avvalroq “Spot” “Siemens” kompaniyasi O‘zbekistonda ikkita loyihani amalga oshirishi haqida yozgandi.

Buxorodagi qozonxona hamda Muborak IEM korxonasida gaz turbinasini o‘rnatishga 72 mln yevro yo‘naltiriladi.