“Google"ning egasi “Alphabet” aksiyalari kompaniya teskari irqchilikda ayblangan “Gemini” sun’iy intellekt vositasining to‘xtatilishi tufayli 5,4%ga arzonlashdi, deya xabar berdi “Fox News”.

“Fox Business"ning “Dow Jones” indeksidan taqdim etgan ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, “Google” “Gemini"ini to‘xtatganidan beri “Alphabet” aksiyalari 5,4%ga tushib ketgan.

Natijada kompaniyaning bozor kapitallashuvi $1,798 trlndan 1,702 trlnga tushib, “Google” $96,9 mlrd yo‘qotgan.

alphabet, gemini, google, milliard

O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari oq tanlilarni qora tanlilar, tubjoy amerikaliklar va osiyoliklarning tasvirlari bilan almashtirgan noto‘g‘ri tarixiy tasvirlar ishlab chiqarganini ta’kidlaganidan so‘ng “Google” “Gemini"ning tasvir yaratish funksiyasini to‘xtatdi.

“Google” bosh direktori Sundar Pichai vaziyatni nomaqbul deb atadi va texnik guruh hozirda muammoni bartaraf etish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. “Gemini” keyingi bir necha hafta ichida qayta ishga tushishi kutilmoqda.

“Bizning jamoalarimiz ushbu muammolarni hal qilish uchun kechayu kunduz ishlamoqda”, deb yozdi Pichai.


Avvalroq “Spot” “Google Assistant” ilovasi “Gemini” neyron tarmog‘iga almashtirilishi haqida yozgandi.

“Gemini” sun’iy intellekt modeli bo‘lib, matn, tasvir, video, audio va kodlarni tahlil qila oladi hamda qayta ishlaydi.