“X” ijtimoiy tarmog‘i (avvalgi Twitter) endi barcha foydalanuvchilar audio va videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasidan foydalanishlari mumkinligini ma’lum qildi.

Ilgari ushbu funksiyadan faqat “X” Premium pullik obunachilar foydalanishi mumkin edi.

“X” ijtimoiy tarmog‘iga qo‘ng‘iroqlar xabar almashish bo‘limiga o‘rnatilgan va boshqa foydalanuvchiga qo‘ng‘iroq qilish uchun u bilan kamida bir marta shaxsiy xabarlar orqali bog‘lanish kerak.

Foydalanuvchilar, shuningdek, hech kim ularga qo‘ng‘iroq qilmasligi yoki faqat manzillar kitobidagi kontaktlar ularga qo‘ng‘iroq qilishi uchun funksiyani sozlashi mumkin.

Shuningdek, tasdiqlangan foydalanuvchilar yoki obuna bo‘lgan kishilardan qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatini ko‘rsatish mumkin\

Foydalanuvchilar oddiy qo‘ng‘iroq kabi kiruvchi qo‘ng‘iroqni qulflangan ekranda ko‘radi.

Kompaniya 2023-yil iyulidan beri audio va video qo‘ng‘iroqlarni sinovdan o‘tkazmoqda.

Dastlab, funksiya iOS foydalanuvchilari va X Premium abonentlari uchun qo‘shilgan, ammo keyinchalik funksiya Androidda paydo bo‘ldi.


Avvalroq “Spot” “X” ijtimoiy tarmog‘i iPhone egalariga akkauntlariga parolsiz kirish imkonini bergani haqida yozgandi.

Bunda akkauntga parolsiz autentifikatsiya tizimi (passkey) tufayli barmoq izi, yuzni skanerlash yoki PIN-kod yordamida tizimga kirish mumkin.