E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat tanishtirish maqsadida taqdim etildi. “Spot” narxlarni markazlarning o‘zida tekshirishni tavsiya qiladi.


“Spot” IT bo‘yicha Toshkent shahridagi o‘quv markazlar, yo‘nalishlar va ularning narxi haqida batafsil ma’lumotlarni bir joyga to‘pladi.

Najot Ta’lim

O‘quv markazdagi jami oflayn kurslar soni 10 tani tashkil etadi va darslar davomiyligi 4 oydan 11 oygacha boradi. Ushbu markazdagi dasturlash darslari ikki xil shaklda o‘rgatiladi: standart va Bootcamp. Asosiy yo‘nalishlar esa dasturlash, dizayn va marketing.

Standart darslar haftasiga 3 kun, 2 soatdan davom etadi. Bu kunning asosiy qismida ish yoki o‘qish bilan band bo‘ladigan insonlarga tavsiya etiladi.

Bootcamp darslari esa haftasiga 5 kun, 3−4 soatdan davom etadi. Asosan, bir kunda 6 soat vaqtini dars bilan shug‘ullanishga ajrata oladigan o‘quvchilarga maslahat qilinadi.

Shuningdek, darslarga 14 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan yosh oralig‘idagilar qatnashishi mumkin. 40 yoshdan yuqorilar esa suhbat yoki imtihon asosida qabul qilinadi. 1 ta guruhda 18−22 nafar o‘quvchilar o‘qiydi.

Markazda minimal narx 770 ming, maksimal narx 2 mln 100 ming so‘mni tashkil etadi.

“Najot Ta’lim"ning hozirda Toshkent shahrining Chilonzor, Shayxontohur, Olmazor tumanlarida va Farg‘ona viloyatida filiallari ochilgan.

Bootcamp shaklidagi kurslarga quyidagilar kiradi:

  1. Bootcamp foundation — ushbu kursda dasturlashni 0 dan o‘rgmoqchi bo‘lganlar qatnasha oladi. 5 oy davomida haftada 3 kun, 4 soatdan davom etadi. Bu bosqichda C va Python dasturlash tillarining asosiy nazariyalari o‘rgatiladi.
  2. Bootcamp result — bu bosqichda o‘quvchi Fullstack (NodeJS + Vuejs), Frontend, Flutter Mobile va .NET (dotNet) backend yo‘nalishlaridan birini tanlab o‘qishi mumkin. Davomiyligi 6−8 oy haftada 5 kun, 4,5 soatni tashkil etadi.
  3. Grafik dizayn — bootcamp va standard shaklada o‘qitiladi.

Standard shaklidagi kurslarga esa quyidagilar kiradi:

  • Grafik dizayn;
  • Python;
  • Vue.js;
  • React;
  • Java;
  • .NET (dotNET);
  • Node.js.

“Najot Ta’lim” markazi tomonidan kursni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga sertifikatlar beriladi.


IT Academy

O‘quv markazdagi jami oflayn kurslar soni 5−6 ta va darslar davomiyligi 2−8 oyni tashkil etadi. Web dasturlash, Web-Design va Python kurslari o‘qitiladi.

  1. Veb-dasturlash kursida asosiy dasturlash tillari o‘rgatiladi, shuningdek zamonaviy veb-saytlarni yaratish va muvaffaqiyatli veb-ishlab chiquvchilar foydalanadigan vositalar bilan tanishish mumkin.
    Buning uchun haftada 2 soatdan 64 ta dars o‘qitiladi. Narxi 1 mln 400 ming so‘m va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham mavjud.
  2. Web-Design kursida Figma grafik dasturini o‘rganish mumkin. Darslar haftada 2 martadan, 2 oy davomida o‘rgatiladi. Narxi 1 mln 400 ming so‘m.
  3. Python kursida esa zamonaviy veb-ilovalar, onlayn-do‘konlar va murakkab Telegram botlarini yaratish o‘rgatiladi. Darslar haftada 2 soatdan jami 64 ta dars o‘qitiladi. Narxi 1 mln 400 ming so‘m va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham mavjud.

Markazda 12−14 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan qiziquvchilar o‘qishi mumkin. Akademiyaning Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlarida filiallari bor.

Shuningdek, minimal narx 1 mln 400 ming so‘m, maksimal narx 2 mln 500 ming so‘mni tashkil etadi.


Ilmhub

O‘quv markazdagi jami oflayn kurslar soni 9 ta va darslar davomiyligi 3−12 oyni tashkil etadi.

  1. Foundation Programming kursida C++ dasturlash tili, Basics, OOP, Linux OS va boshqa bilimlar o‘rgatiladi. Kurs davomiyligi 4 oy, haftada 2 soatdan 3 marotaba o‘qitiladi. Oflayn kurs narxi 790 ming so‘m va onlayn kurs narxi 490 ming so‘mni tashkil etadi.
  2. .NET Bootcamp kursida dastlabki 1−2 oy C# dasturlash tili OOP konsepsiyalari bilan birga mukkammal tarzda o‘rgatiladi. Unda keyin esa .NET texnologiyasi boshlanadi va API lar bilan ishlash ham o‘qitiladi.
    Kurs davomiyligi 7 oy, haftada 4 soatdan 5 marotaba o‘qitiladi. Oflayn kurs narxi 2 mln 190 ming so‘m va onlayn kurs narxi 1 mln 590 ming so‘mni tashkil etadi.
  3. .NET Backend kursida Foundation kursini tamomlagan o‘quvchilar string, shart va sikl operatorlari, array, list, queue, stack kabi tushunchalarning c# tilida qanday tadbiq etilishini o‘rganadilar. Kurs davomiyligi 5 oy, haftada 2 soatdan 3 marotaba o‘qitiladi. Oflayn kurs narxi 1 mln 190 ming so‘m va onlayn kurs narxi 790 ming so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, AI Bootcamp, Flutter Cross-platform, Python Beginner, Arduino & Robototexnika, Scratch, React Native, iOS Mobile (Swift) va Python Backend kabi kurslar ham bor.

Minimal narx 490 ming so‘m, maksimal narx 1 mln 190 ming so‘mni tashkil etadi.

Markazda 7 yoshdan yuqori bo‘lgan qiziquvchilar o‘qishi mumkin. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida va Namangan viloyatida filiallari bor.


PROWEB

O‘quv markazdagi jami oflayn kurslar soni 16 ta va darslar davomiyligi 2−8 oy, 1,5−3 soatni tashkil etadi. Web dasturlash, PRO Design va Internet Marketing, Python, 3DS Max va AUTOCAD, Motion Design & Video Montaj singari kurslar o‘qitiladi.

WEB Dasturlash kursida:

  • Web-sahifalarni yaratish asoslari (Visual studio, HTML, Figma va CSS);
  • Kodning to‘g‘ri tuzilishi — BEM, loyihalarni xavfsiz saqlash va portfolioni Git tizimi yordamida bulutli xizmatlarga (GitHub va boshqalar) yuklash;
  • Eng moslashuvchan JavaScript dasturlash tilini to‘liq o‘rganish;
  • React kutubxonasi bilan tanishish va uning asoslari;
  • Type Script;
  • SASS, Pug va Webpack.

PRO Design kursida:

  • Photoshop, Illustrator, Figma, CorelDRAW dasturlarini o‘rganish;
  • Web-dizayn asoslari, UI / UX;
  • Brending va poligrafiya;
  • Mobil ilovalarning dizayni;
  • Portfolioni boyitish;
  • Bitiruv loyihasi.

Python kursida:

  • Python asoslari;
  • Ma’lumotlar bazasi va kutubxonalar (SQL);
  • Telegram botlar;
  • Onlayn-do‘konlar.

Shuningdek, minimal narx 1 mln 75 ming so‘m, maksimal narx 1 mln 695 ming so‘mni tashkil etadi.

Darslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikat va diplom topshiriladi va markazda 13 yoshdan boshlab o‘qish mumkin. Hozirda Chilonzor va Mirobod tumanlarida filiallari faoliyat yuritmoqda.


PDP Academy

PDP — bu oflayn va onlayn ta’lim shakliga ega IT Akademiya bo‘lib, 7 yildan buyon mahalliy va xalqaro IT kompaniyalarga dasturchilar tayyorlaydi. Markazdagi oflayn kurslar 2 ga bo‘lingan bo‘lib, dastlab 2,5 oylik dasturlash asoslari boshlang‘ich “Foundation” kursi o‘qitiladi. Uni tugatib talabalar imtihon topshirib asosiy mutaxassislik kurslariga o‘tishadi. Bu kurslar 9−10 oy davom etadi va 15 yoshdan yuqori bo‘lgan yoshlat ta’lim olishlari mumkin.

Mutaxassislik kurslari standart va intensiv shaklda bo‘lib, dasturlashning 5 ta yo‘nalishida o‘qitiladi. Bular:

  • Java backend
  • .NET backend
  • Python backend
  • Frontend (React.JS)
  • Mobile (Flutter development)

O‘quv markazdagi darslar davomiyligi 3−4 soat davom etadi.

Shuningdek, minimal narx 600 ming so‘m, maksimal narx 2 mln 850 ming so‘mni tashkil etadi.

Hozirda markaz Toshkent shahri Shayxontohur tumanida faoliyat yuritmoqda.


UAcademy

O‘quv markazdagi jami kurslar soni 9 tani tashkil etadi va darslar 2−6 oy davomida olib boriladi. Foundation, Mobile, AI, IT Project Manager, Backend singari kurlar mavjud.

  • Foundation kursi 2 oy davomida haftada 5 marta 4 soatdan o‘qitiladi. Dars davomida HTML, CSS, Java Script, Nodejs va ExpressJS bo‘yicha boshlang‘ich bilimlar beriladi.
  • Mobile kursi 4 oy davomida haftada 5 marta 4 soatdan o‘qitiladi. Kursda mobil ilovalarni ishlab chiquvchi mobil qurilmalarda ilovalarni yaratish, sinab ko‘rish va ishlab chiqish ko‘nikmalaridan foydalanadi. Ular iOS va Android kabi mashhur operatsion tizim muhitlarida ishlaydi va ilovalarni yaratishda ko‘pincha UI va UX tamoyillarini hisobga oladi.

Shuningdek, minimal narx 2 mln 580 ming so‘m, maksimal narx 16 mln 125 ming so‘mni tashkil etadi.

Markaz hozirda Mirzo Ulug’bek tumanida faoliyat yuritmoqda.


Bobir Akilkhanov Tech Academy

"Bobir Akilkhanov Tech Academy” bir necha yillardan beri IT sohasida mutaxassislar tayyorlaydi. Kurslar amaliy mashg‘ulotlarga asoslangan bo‘lib, biz nafaqat dasturlash tillarini, balki murakkab tizimlarni ishlab chiquvchi kasbi ham o‘rgatiladi.

O‘quv markazdagi jami kurslar soni 4 tani tashkil etadi va darslar 9 oy davomida 3 modulda olib boriladi. Python, Sun’iy intellekt, grafik dizayn, .NET Web developer singari kurslar mavjud.

  • Python kursida Python, Django va boshqa ko‘plab veb-texnologiyalar yordamida veb-sayt yaratish bo‘yicha bilimlar beriladi. 9 oy uchun kurs narxi 21 mln 500 ming so‘mni tashkil etadi.
  • Sun’iy intellekt kursida Python tilini o‘rganish, Data Science, Database, sun’iy intellektga asoslangan tayyor dasturiy ta’minotni yaratish va ular bilan ishlash o‘rgatiladi. 9 oy uchun kurs narxi 21 mln 500 ming so‘m.

Har bir modul 3 oydan iborat va modul yakunida imtihon qilinadi. Imtihondan o‘tgan talabalar keyingi modulda o‘qishni davom etishadi. Darslar haftada 3 marotaba 2 soatdan bo‘ladi.

Shuningdek, minimal narx 7 mln 525 ming so‘m, maksimal narx 9 mln 137 ming so‘mni tashkil etadi.

Undan tashqari yaxshi o‘qigan talabalarga loyihalarda amaliyot taqdim qilinadi va ishga kirishda yordam beriladi. Hozirda markaz Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan.


BePro IT Academy

O‘quv markazdagi jami kurslar soni 9 tani tashkil etadi va darslar 1−4 oy davomida olib boriladi. Dasturlash, SisAdmin, Dizayn va kompyuter savodxonligi singari kurslar mavjud.

Dasturlash kursida Frontend, Backend va FullStack yo‘nalishlari bor. Onlayn va oflayn shaklda o‘qish mumkin. 4 oy davomida haftada 3 marotaba, 2 soatdan o‘tiladigan darslar narxi oflaynda 2 mln so‘mni tashkil etadi.

SisAdmin kursida esa Windows Server, Linux va Cyber Security & Ethical Hacking singari yo‘nalishlar bor. 2 oy davomida haftada 3 marotaba, 2 soatdan o‘tiladigan darslar narxi 2 mln 500 ming so‘mni tashkil etadi.

Minimal narx 1 mln 612 ming so‘m, maksimal narx 16 mln 125 ming so‘mni tashkil etadi.

Hozirda markaz Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan.


iSystem

O‘quv markazdagi jami kurslar soni 7 tani tashkil etadi va darslar 4−7 oy davomida olib boriladi. Frontend, Android and IOS Development, Data Science — Ma’lumotlar fani va Python Backend singari kurslar mavjud.

  • Frontend kursida HTML,CSS (1 oy), Bootstrap,SASS-static (1 oy), JavaScript (1 oy), React js (2 oy) bo‘yicha bilimlar o‘rgatiladi.
  • Android and IOS Development kursida esa Android Studio, Fragments, Broadcast va FireBase o‘qitiladi.

Shuningdek, minimal narx 3 mln 289 ming so‘m, maksimal narx 14 mln 190 ming so‘mni tashkil etadi.

Hozirda markaz Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan.


FinTechHub

Markaz kompyuter dasturlari va startap loyihalarni ishlab chiqaradigan IT laboratoriya hisoblanadi. O‘quv markazdagi jami kurslar soni 2 ta onlayn va 5 ta oflaynni tashkil etadi va darslar 3−8 oy davomida olib boriladi. Frontend, Backend va Mobile Flutter singari onlayn va oflayn kurslar mavjud.

  • Frontend kursida hozirgi kundagi eng oxirgi texnologiyalar aynan “FinTechHub” laboratoriyasida o‘qitiladi. Haftasiga 3 kun davomida, 2 soatdan mashg‘ulotlar olib boriladi. Guruhga 12 o‘quvchi qabul qilinadi va narxi 1 mln 500 ming so‘m.
  • Backend dasturlash kursi onlayn “Zoom"da o‘tkaziladi. Guruhga 12 o‘quvchi qabul qilinadi va dars vaqti 2 soat. Narxi esa oyiga 900 ming so‘m.

Shuningdek, minimal narx 900 ming so‘m, maksimal narx 1 mln 500 ming so‘mni tashkil etadi.

Hozirda markaz Toshkent shahri Mirobod tumanida faoliyat yuritmoqda.


O‘quv markazi nomi
Guruh kurslari to‘lovlari (oylik, so‘mda)
Darslar davomiyligi
“Najot ta’lim”
770 mingdan 2 mln 100 minggacha
4−8 oy
“IT Academy”
1 mln 400 mingdan 2 mln 500 minggacha
2−8 oy

“Ilmhub”
490 mingdan 1 mln 190 minggacha
3−12 oy
“ProWeb”
1 mln 75 mingdan 1 mln 695 minggacha
2−8 oy
“PDP Academy”
600 mingdan 2 mln 850 minggacha12,5 oy
“UAcademy”
2 mln 580 mingdan 16 mln 125 minggacha
2−6 oy
“Bobir Akilkhanov Tech Academy”
7 mln 525 mingdan 9 mln 137 minggacha
9 oy
"BePro IT Academy"
1 mln 612 mingdan 16 mln 125 minggacha
1−4 oy
“iSystem”
3 mln 289 mingdan 14 mln 190 minggacha
4−7 oy
FinTechHub
900 mingdan 1 mln 500 minggacha
3−8 oy