“O‘zbekiston temir yo‘llari” 21-mart — Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar bermoqdi.

Joriy yilning 21, 22, 23, 24, 25-mart kunlari 775/776-sonli Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati amalga oshiriladi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:

  • Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:

  • Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Shuningdek, 762/761-sonli Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati 20, 21-mart kunlari amalga oshiriladi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi:

  • Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33;

761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi:

  • Qarshi 16:44 — Toshkent 20:20.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalaridan hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” mahalliy aviaqatnovlarga 30%lik chegirma e’lon qildi. Undan 21-martdan 24-martgachabo‘lgan aviaqatnovlar uchun foydalanish mumkin.

Avvalroq 8, 9, 10-mart kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining harakati amalga oshirilgandi.