Har qanday biznes loyihalar va turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tilgan yo‘l, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.

“Spot” “Biznes tarixi” sahifasini davom etadi. Bu gal o‘zining mashhur sport avtomobillari bilan o‘z ishqibozlari va mijozlariga ega “BMW” brendi tarixiga nazar tashlaymiz.

Uning bugungi kungacha qanday shakllangani, qanday jarayon va yo‘llardan o‘tgani ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.


Qanday tashkil etilgan?

“BMW” (Bayerische Motoren Werke) tarixi 1916-yilga borib taqaladi. Bugungi kunda “BMW Group"ni “BMW”, “MINI”, “Rolls-Royce” va “BMW Motorrad” singari to‘rtta brendi avtomobillar, mototsikllar, shuningdek, harakatlanish xizmatlarini dunyodagi yetakchi premium yetkazib beruvchilardan biriga aylantiradi.

Hammasi 1913-yilda ixtisoslashgan kichik korxona tashkil etilishidan boshlanadi. Kompaniya ichki yonuv dvigateliga katta hissa qo‘shgan ixtirochining o‘g‘li Gustav Otto tomonidan tashkil etilgan.

Birinchi jahon urushi sharoitlarini hisobga olgan holda, o‘sha paytda samolyot dvigatellarini ishlab chiqarish yuqori talabga ega edi. O‘sha yillarda Karl Rapp va Gustav umumiy kompaniya yaratishga qaror qilishdi.

biznes tarixi, bmw

Kompaniya 1922-yilda “BMW” AG nomi bilan qayta tashkil etilishidan oldin, 1920-yilda Knorr-Bremse AG tarkibiga kiritilgan. U 1916-yilda tashkil etilgan Bayerische Flugzeugwerke AG (Bavariya samolyot zavodi) kompaniyasining vorisi edi.

“BFW” tashkil topgan sana 1916-yil 7-mart bo‘lib, u Bayerische Motoren Werke AG‘ning tashkil topgan sanasi sifatida tarixda qoldi.

“BMW"ning ilk logotipi 1917-yilda yaratilgan. U ko‘k va oq ranglarni o‘z ichiga oladi, bu Bavariya davlati ranglarini aks ettiradi.

Yillar davomida logotip bir nechta o‘zgarishlarga duch keldi, ammo u hali ham tub ildizlariga sodiq holda o‘zining asl ko‘k va oq ranglarini saqlab qoldi.

biznes tarixi, bmw

Foto: bmw.com

1922-yilda o‘z ishlab chiqarish zavodini Myunxen yaqinidagi mashhur Oberwiesenfeld aerodromiga ko‘chirdi. Ushbu ishlab chiqarish zavodi oxir-oqibat butun “BMW” guruhining bosh qarorgohiga aylanadi.

O‘sha paytda Germaniyada joylashgan uchinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lgan “Eisenach” avtomobil zavodini sotib olgandan so‘ng, “BMW” o‘zining birinchi avtomobili ustida ishlay boshladi.

Kompaniya Myunxendagi zavodida avtomobil ishlab chiqarish o‘rniga Markaziy Germaniyadagi sobiq “Eisenach” avtomobil zavodidan foydalanishga qaror qildi.

“BMW” birinchi ishlab chiqarilgan avtomobili uchun ilhomni Ostin Motor kompaniyasidan olingan dizayndan topdi. 1932-yilgacha bunday usullarga tayangan holda, shaxsiy brendiga xos bo‘lgan avtomobilni yaratish uchun o‘z modellaridan foydalangan.

biznes tarixi, bmw

Foto: bmw.ru

Birinchi avtomobil — “501”

Kompaniya 1951-yilda urush boshlanganidan beri o‘zining birinchi avtomobilini ishlab chiqarish orqali omon qolganini isbotladi. Ushbu avtomobil “501” deb nomlangan va olti kishi qulay tarzda o‘tirishi mumkin bo‘lgan, katta ichki saloni bilan mashhur edi.

“501” dastlab hashamatli avtomobil sifatida sotilgan, ammo oxir-oqibat u muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Shunga qaramay, “501” “BMW"ga faoliyatini tiklashiga imkon berdi va kompaniyaning eng yaxshi avtomobil ishlab chiqaruvchisi sifatida obro‘yini tikladi.

Kompaniya nafaqat o‘zining yuqori sifatli ishlab chiqarish standartlari bilan mashhur, balki u avtomobil ishlab chiqarish tizimlariga eng so‘nggi texnologiyalarni kiritishi bilan ham tanilgan edi.

“501” 1958-yilgacha, ya’ni “BMW” uni ishlab chiqarish tizimlaridan olib tashlashga qaror qilguniga qadar “yashashda” davom etdi.

biznes tarixi, bmw

Foto: Wikipedia

Yangi sport avtomobillari

Kompaniya 1972-yilda o‘zining eng yangi “BMW Motorsport” sho‘ba korxonasini ishga tushirdi. “BMW Motorsport” o‘zining eng yuqori standartlari bilan tanilgan va o‘z avtomobillarining kuchi, sifati bilan e’tirof etila boshlangan.

“BMW” kompaniya yangi avtomobillar mashhurligi bilan yo‘nalishini o‘zgartirdi va oddiy odamlar uchun sport mashinalarini ishlab chiqarishni boshladi.

“BMW Motorsport” sho‘ba korxonasining favqulodda muvaffaqiyatidan so‘ng “BMW Mountains”, “Yachtsport” va “Golfsport” kabi yangi tuzilmalar bozorga yuqori sifatli ishlashga asoslangan avtomobillarni taqdim qila boshladi.

biznes tarixi, bmw

Foto: bmwgroup

O‘zining sedanlari va sport avtomobillari bilan “BMW” avtomobilsozlik sanoatining eng muhim poydevorlaridan biri sifatida e’tirof etila boshlandi. Misol uchun, 1990-yilda kompaniya avtomobil sanoatida birinchi bo‘lib Myunxenda tadqiqot va innovatsiya markazini tashkil etdi.

“BMW” 1994-yilda nihoyat Amerika Qo‘shma Shtatlarida do‘konini ochdi. Bu yangi harakat kompaniyaga o‘zining global faoliyatini kengaytirish imkonini ham berdi.

Birinchi zavod Spartanburgda (Janubiy Karolina) qurilgan va butunlay Z3 kobroletini (tomi ochiq, ikki o‘rindiqli mashina) ishlab chiqarishga bag‘ishlangan edi. Bugungi kungacha zavod Z3, shuningdek, X3, X5 va X6 ishlab chiqarishni davom ettirmoqda.

“BMW” tomonidan 1994-yilda Britaniyada joylashgan “Rover Group” kompaniyasi ham sotib olingan. “Rover Group” “Mini”, “Mg” va “Land Rover” kabi sport avtomobillari bilan mashhur edi.

Dastlab, “BMW Rover Group” bilan bog‘liq katta rejalarga ega edi, ammo ular oxir-oqibat 2000-yilda guruhni sotib, “Mini” modelini o‘z maqsadlari uchun saqlab qoldi.

biznes tarixi, bmw

Foto: Wikipedia

“BMW"ning boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilarni sotib olish istagi shu bilan tugab qolmadi. 1998-yilda kompaniya “Rolls-Royce” guruhini sotib oldi. Shuningdek, “BMW” “Rolls-Royce” avtomobillariga nom berish huquqini ham, brend egaligini ham qo‘lga kiritdi.

“BMW” i7 M70 xDrive

“BMW” kompaniyasi 2023-yilda “BMW i7 M70 xDrive” to‘liq o‘lchamli 7-seriyali elektr sedanini taqdim etdi. U Bavariya avtomobil ishlab chiqaruvchisi assortimentidagi eng kuchli elektromobil hisoblanadi. Yangi avtomobil yuqori quvvatga ega bo‘lib, soatiga 250 km tezlikda harakatlana oladi.

“BMW” elektromobillari orasida o‘tgan yili eng ko‘p sotilgan model 4-Series elektr sedanining kuchli versiyasi bo‘lgan “BMW i4 M50” bo‘ldi. Endi kompaniyada elektr quvvati bilan ishlaydigan uchta model, jumladan, tezroq “BMW” iX M60 SUV va yangi i7 M70 ham mavjud.

biznes tarixi, bmw

Foto: Wikipedia

“BMW” i7 M70 ikkita elektrodvigatelga ega, shuningdek, to‘liq g‘ildirakli uzatma tizimi (AWD), 1100 Nm gacha aylanish momentiga va 660 ot kuchiga ham ega. Ayniqsa, orqa aks dvigatelining quvvat zichligi 2,41 kVt/kg bo‘lib, u “BMW” portfelidagi eng dinamik elektr motoriga aylanadi. “BMW” i7 M70 0 dan 100 km/soat tezlikka atigi 3,7 soniyada erishadi.

“BMW Group” sotuvi 2023-yilda 2 mln 555 ming 341 donani tashkil etib, rekord darajaga yetdi. Shuningdek, o‘tgan yili kompaniya daromadi $154,2 mlrdni tashkil etgan. Xodimlar soni esa 149 475 nafarga yetgan.

Bu yildan “BMW” AQShdagi zavodida odamsimon robotlarni ishga yolladi. Robototexnika startapi “Figure” kompaniyasi “BMW Manufacturing” bilan hamkorlikni imzolaganini e’lon qildi. Ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlik doirasida “BMW” Janubiy Karolina shtatining Spartanburg shahridagi zavodida “Figure” inson shaklidagi robotlardan foydalanishni boshlaydi.

Ayni paytda robotlar zavod faoliyatiga integratsiyalashishga o‘rgatilmoqda. Biroq, ular aniq nima qilishlari noma’lum. Ular katta ehtimol bilan, kuzov sexida ishlaydi.

Qayd etilishicha, robotlar 20 kggacha yuk ko‘tara oladi va bir marta quvvatlanganda taxminan besh soat xizmat qiladi.