“Uzbekistan Airways” kompaniyasi qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan qo‘shimcha reyslar 5ta mahalliy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.

Parvozlarning uchish vaqti quyidagicha:

  • Toshkent — Nukus — Toshkent — 20-mart kuni;
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent — 20, 21, 24-mart kunlari;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent — 24-mart kunlari;
  • Toshkent — Farg‘ona — Toshkent — 21-mart kuni;
  • Toshkent — Namangan — Toshkent — 24-mart kuni.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniya saytida tanishish mumkin.

Aviachiptalarni havola orqali onlayn hamda “Uzbekistan Airways Sales” filialida yoki aviakompaniya agentlarida xarid qilish mumkin.

Avvalroq “Uzbekistan Airways” Navro‘z bayrami munosabati bilan 30%lik chegirma e’lon qilgandi. Undan 21-martidan 24-martigacha barcha mahalliy aviaqatnovlarga foydalanish mumkin.

Shuningdek, Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. “Afrosiyob” elektropoyezdining Samarqandga harakati 21, 22, 23, 24, 25-mart kunlari, Qarshiga esa 20, 21-mart kunlari amalga oshiriladi.