AQSh Kongressi vakillar palatasi Amerika hududida “TikTok” ilovasini taqiqlashga olib kelishi mumkin bo‘lgan qonun loyihasini ma’qulladi, deya xabar berdi “CNBC”.

Qonun loyihasida “TikTok"ga egalik qiluvchi Xitoyning “ByteDance” kompaniyasi servisdagi ulushini sotishi kerakligi ko‘rsatilgan.

Aks holda, platforma Qo‘shma Shtatlarda taqiqlanishi bo‘lishi mumkin. Agar qonun kuchga kirsa, “TikTok” “ByreDance"dan uzoqlashishi uchun taxminan besh oy kerak bo‘ladi.

Hujjatni 352 kongressmen qo‘llab-quvvatladi, 65 nafari unga qarshi chiqdi, ulardan 15 nafari respublikachilar va 50 nafari demokratlar. Palataning bir a’zosi betaraf qoldi.

Hujjat endi ovoz berish uchun Senatga yuboriladi. Agar Senatda qabul qilinsa, AQSh prezidenti Jo Bayden tegishli qonunni imzolaydi.

“ByteDance” va “TikTok"ni “xorijiy raqiblar” tomonidan boshqarilayotganlikda ayblaydigan “Amerikaliklarni xorijiy raqiblar tomonidan boshqariladigan ilovalardan himoya qilish” qonun loyihasi respublikachi Mayk Gallager va demokrat Raja Krishnamurti tomonidan ilgari surilgan.


Avvalroq “Spot” Yevropa Ittifoqi “TikTok” ijtimoiy tarmog‘i ustidan tergov boshlagani haqida yozgandi.

Tergov platforma voyaga yetmaganlarni zararli kontentdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilayotgani yoki yo‘qligini tekshirish bo‘yicha o‘tkaziladi.