Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahlilida keltirilgan.

Institut mutaxassislari joriy yilning fevral oyida poytaxtda taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini o‘rganishdi.

Natijada, o‘tgan oyda Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlarida yanvarga nisbatan o‘rtacha 0,34%ga, to‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijara narxlarida esa o‘rtacha 0,13%ga tushish kuzatildi.

Fevralda o‘rtacha ta’mirlangan uy-joy sinfida 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 0,3%ga pasayib, $394ni tashkil etgan.

Ikki xonali xonadonlar ijara narxlari esa 0,2%ga arzonlab, o‘rtacha $441gacha tushdi. O‘rtacha ta’mirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari 0,4%ga pasayib, o‘rtacha narxlar mos ravishda $514 va $594ni tashkil etdi.

O‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari quyidagi tumanlarda taklif etilgan:

  • Sergeli: 1 xonali — $358, 2 xonali — $393, 3 xonali — $435, 4 xonali — $450;
  • Olmazor: 1 xonali — $357, 2 xonali — $415, 3 xonali — $455, 4 xonali — $490.

O‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi eng qimmat ijara narxlari quyidagi tumanlarda kuzatildi:

  • Yakkasaroy: 1 xonali — $420, 2 xonali — $488, 3 xonali — $657, 4 xonali — $738;
  • Mirobod: 1 xonali — $467, 2 xonali — $520, 3 xonali — $620, 4 xonali — $832.

Ma’lumot uchun, 2023-yilning noyabridan joriy yilning fevraligacha bo‘lgan davrda o‘rtacha ta’mirlangan 1 va 2 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari mos ravishda 1,8% ($401 dan $394ga) va 2,4%ga ($452 dan $441ga) tushgan.

mhti, narxlar, toshkent shahri, uy-joy ijarasi

Fevralda to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari $475ni tashkil etib, yanvarga nisbatan 0,3%ga tushgan bo‘lsa, 2 xonali uylar uchun bu ko‘rsatkichlar mos ravishda $651 va 0,6%ni tashkil etgan.

Shuningdek, 3 xonali uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida ($790) ham biroz (0,1%) tushish kuzatildi. Lekin, to‘liq ta’mirlangan 4 xonali uylar o‘rtacha ijara narxlari 0,4% oshib, $919 gacha ko‘tarilgan.

To‘liq ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari quyidagi tumanlarda kuzatilgan:

  • Sergeli: 1 xonali — $393, 2 xonali — $462, 3 xonali — $560, 4 xonali — $761;
  • Uchtepa: 1 xonali — $401, 2 xonali — $498, 3 xonali — $617, 4 xonali — $850.

Bu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari esa quyidagi ikkita tumanda qayd etildi:

  • Shayxontohur: 1 xonali — $555, 2 xonali — $848, 3 xonali — $1057, 4 xonali — $1028;
  • Mirobod: 1 xonali — $570, 2 xonali — $861, 3 xonali — $1024, 4 xonali — $1128.

Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ko‘chmas mulk bozorini tahlil qilib, poytaxtda uy-joy ijarasi bozorida narxlarning pasayishi kuzatilganini qayd etgandi.