2023-yilda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining sof foydasi ikki barobardan ko‘proqqa kamaydi. Bu haqda “Kapital Depozit” investitsion kompaniyasi xabar berdi.

O‘tgan yili aksiyadorlik jamiyatining sof foydasi 611,6 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 52,6%ga kamdir. Oxirgi 3−4 yil ichida kompaniya foydasi 5 barobarga kamaydi.

Neft-gaz kompaniyasining aktivlari qariyb 90 trln so‘mga yetdi (oldingi yilga nisbatan 13,1%ga o‘sdi), daromadi esa 14,7 trln so‘mni (+11,2%) tashkil etdi.

Moliyaviy ko‘rsatkichlarning pasayishi kapital (48 trln so‘m), taqsimlanmagan (5,7 trln so‘m) va yalpi foyda (3,1 trln so‘m) da kuzatildi.

“O‘zbekneftgaz” dividend to‘lovlarini sezilarli darajada oshirdi, uning miqdori yil davomida ikki baravarga — 2,5 trln so‘mgacha ko‘paydi.

Uzoq muddatli bank kreditlari biroz qisqarib, 18 trln so‘mdan 17,6 trln so‘mgacha kamaygan. O‘z navbatida, qisqa muddatli kreditlar uch baravarga — 746,8 mlrd so‘mdan 2,2 trln so‘mga oshdi.

Avvalroq Raqobat qo‘mitasi “UNG Petro” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvni o‘rganayotgani haqida xabar berilgandi.