“Yandex” neyron tarmoqlarining yangi avlodini — “YandexGPT 3"ni chiqardi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, “YandexGPT” neyron tarmoqlarining uchinchi avlodi murakkab so‘rovlar bilan yaxshiroq ishlaydi va biznesga IT-mahsulotlaridagi muammolarni hal qilishda yordam beradi.

Neyron tarmoqning yangi versiyasi foydalanuvchi savollarini yaxshiroq tushunadi.

“YandexGPT 3” so‘rovlarga 63% to‘g‘ri javob beradi. “YandexGPT 2"da esa bu ko‘rsatkich 55%ni tashkil etdi.

Agar zarurat bo‘lsa, “YandexGPT 3"ni mustaqil ravishda o‘qitish mumkin, tez orada neyron tarmoq boshqa “Yandex” xizmatlarida va keng auditoriya uchun ham mavjud bo‘ladi.

Qayd etilishicha, “YandexGPT 3” tufayli mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, reklama, onlayn savdo, raqamli aloqa va xodimlarni boshqarishni yaxshilash mumkin.

Neyron tarmoq avtomatik ravishda shartnomalar va lavozim tavsiflari, hisob-fakturalar, me’yoriy va boshqa hujjatlarni yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “Yandex” o‘z brauzerini yangilab uni neyrobrauzerga aylantirgani haqida yozgandi.

Shuningdek, “YandexGPT” ham brauzerga o‘rnatildi. U izohlar, xatlar, sharhlar va boshqa xabarlarni yozishi mumkin.