O‘zbekistonliklar Germaniyaga qishloq xo‘jaligi hamda qurilish sohalariga ishga taklif etilmoqda.

Fuqarolar mamlakat kompaniyalarida dehqonchilik hamda elektrik sifatida ishlashlari mumkin.

Har ikki yo‘nalish bo‘yicha ish vaqti haftasiga 40 soatni (5/2) tashkil etadi. Ishchilarga ijtimoiy himoya hamda tibbiy sug‘urta tadqim etiladi.

Dehqonchilik bo‘yicha ishchilarga 2350 yevro, elektriklarga esa 2400 yevro miqdorida ish haqi beriladi.

Dehqonchilik ishlari uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • 19 yoshdan 35 yoshgacha;
  • bir yillik ish faoliyati;
  • oliy ma’lumotli;
  • nemis tilidan kamida B1 daraja sertifikati;
  • sohalada diplom va tajriba;
  • mas’uliyatli, jamoada ishla olish;
  • do‘stona va qat’iyatli.

Sinov muddati 1−3 oyni tashkil etadi.

Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin. Talablar haqida batafsil bu yerda.

Elektrik bo‘yicha talablar:

  • 18−40 yosh oralig‘ida bo‘lish;
  • 1 yillik tajribaga ega;
  • o‘rta-maxsus ta’lim darajasiga ega.

Shuningdek, elektrik, payvandchi, chilangar, mexanik, santexnik sohalarida kamida kollej yoki texnikum diplomi va sohada tajribaga ega bo‘lish talab etiladi.

Nomzodlarning shaxsiy fazilatlari do‘stona va jamoada ishlashlari ham baholanadi. Sinov muddati — 3 oy

Elektrik bo‘yicha arizalarni havola orqali jo‘natish kerak. Talablar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.


Avvalroq Germaniyaga ishga ketuvchilar uchun til talablari yengillashtirilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Mamlakatdagi 1000dan ortiq shifoxonalarda yetishmayotgan tibbiyot xodimlari o‘rnini O‘zbekiston to‘ldirishga tayyorligini bildirdi.