Toshkentda aholiga issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflar oshirildi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha poytaxt hokimining korxona tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi tegishli qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2-apreldan aholiga issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun tariflar 15%ga ko‘tarildi.

Xalq deputatlari shahar kengashining fevral oyidagi qarori bilan yangi tariflar isitish mavsumi yakunlangan kundan bir kun o‘tib kuchga kirishi belgilangandi.

issiqlik ta’minoti, narxlar, tariflar, toshkent shahri, veolia energy tashkent

Biroq, “Veolia Energy Tashkent"ning ta’kidlashicha, isitish mavsumi tugagan kundan keyingi kundan emas, balki hokim qarori asosida 2-apreldan kuchga kirgan.

Agar fuqarolar 27-martdan 2-aprelgacha mazkur xizmatlar uchun oshirilgan stavkalarda to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lsa, ortiqcha to‘langan mablag‘lar avans sifatida hisobga olinadi.

Aholiga issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun tarif — 1 Gkal uchun 2019-yildan buyon amal qilib kelayotgan 91 960 so‘mdan 105 754 so‘mga oshirildi.

Yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun 2023-yilning 2-dekabridan kuchga kirgan tariflar o‘zgarishsiz qoldi.