“O‘zbekiston temir yo‘llari” Ramazon Hayiti bayrami munosabati bilan Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

775/776-sonli Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining harakati 10, 11, 12, 13-aprel kunlari amalga oshiriladi.

Quyida harakat jadvali keltirilgan:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:

  • Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:

  • Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalaridan va havola orqali onlayn xarid qilish imkoniyati ham mavjud.