“IT Park” Toshkent shahrida IT bo‘yicha bepul texnik treninglarga start bermoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

Unda texnik mahoratini oshirish istagida bo‘lgan “IT Park” rezidentlari bo‘lgan xodimlar, texnopark asosidagi startaplar hamda “IT Park” xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ko‘magida “Dain Leaders” kompaniyasi ekspertlari rahbarligida amalga oshiriladi. “Dain Leaders"ning ta’lim texnologiyalari sohasida “CareerPASS” Karyera boshqaruv platformasi mavjud.

Treninglar dasturi 7ta keng qamrovli moduldan iborat bo‘lib, malakali koreyalik mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Loyiha joriy yilning 22-aprelidan 3-mayigacha (kursga qarab farq qiladi) o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlar soat 09:00dan 18:00gacha “IT Park"ning Toshkent filiali hamda “IT Bilim” markazida olib boriladi.

Kurslar koreys tilida olib borilib, rus va o‘zbek tillariga tarjima qilinadi.

Joylar soni cheklangan bo‘lib, nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Agar trening bo‘yicha savollar mavjud bo‘lsa, “Telegram” orqali murojaat qilish mumkin. Batafsil ma’lumotlar bu yerda.


Avvalroq Raqamli texnologiyalar vazirligi “Coursera” platformasida bepul o‘qish uchun arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.