Samarqandda o‘tkaziladigan “School 21” dasturlash maktabiga arizalar qabul qilinmoqda.

“School 21” — bu xalqaro dasturlash maktabi bo‘lib, bu yerda har kim 18 yoshdan talab qilinadigan IT kasbiga bepul ega bo‘lishi mumkin. Kampus 24/7 ochiq.

Boshqa shaharlardan kelgan talabalar uchun kampus hududidan yotoqxona beriladi.

Dastur turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi, jumladan, ilovalarni dasturlash, mobil ishlab chiqish, Frontend, Backend, ML & DS, Big Data, GameDev va boshqalar.

Ishtirokchilarga tegishli vazifalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi.

Dasturlash maktabida ishtirok etish uchun havola orqali ariza jo‘natish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Arizalar 11-aprelgacha qabul qilinadi. Eng yaqin saralash intensivi 15-aprel va 27-may kunlari boshlanadi.