“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi. Android va iOS uchun ilova 10.11 versiyasiga yangilandi.

Endi “Telegram"dan chiqmasdan yangi kuchli muharrir yordamida tezda stikerlar va butun stikerlar to‘plamlarini yaratishi mumkin.

Stiker yasash

Shunchaki istalgan rasmni olish va matn, chizmalar yoki platformada mavjud bo‘lgan cheksiz animatsiyali stikerlar, emojilar va GIF fayllarni kiritish kerak. Mushuklarni vizual san’at asariga aylantirish hech qachon bunchalik oson bo‘lmagan.

Obyektlarni qirqib olish va fonni olib tashlash uchun bitta bosish kifoya. Rasm qismlarini qo‘lda o‘chirish va tiklash ham mumkin. Qirqib olingan obyektga klassik oq kontur qo‘shish mumkin.

Yangi stiker yaratish uchun istalgan chatda kiritish maydonidagi stiker rasmli tugmani bosish kerak. Chiqqan panelda muharrirni ochish uchun (+) tugmasini bosish kerak.

telegram, yangilanish

Stikerni to‘plamga kiritish

Tayyor stikerni darhol yuborish yoki do‘stlar ijodni chatlarida ishlata olishi uchun stikerlar to‘plamini yaratish mumkin.

To‘plamga stiker qo‘shish uchun uning hissiyotini tasvirlaydigan emojilarni tanlash kerak. “Telegram” mushuk, it yoki avtomobil kabi rasm asosida emoji taklif qilish uchun sun’iy intellektdan ham foydalanadi.

“Telegram"da emojilardan stikerlarni tezda yuborish uchun foydalanish mumkin. Chatda emoji kiritganingda “Telegram” yuborish mumkin bo‘lgan mos stikerlarni avtomatik taklif qiladi.

To‘plamni kengaytirish

2015-yildan buyon millionlab rassomlar va mem ijodkorlari “Telegram"ning ochiq platformasidan ijodlarini ulashish uchun foydalanib kelmoqda.

Maxsus to‘plamlarga istalgan mavjud stikerni qo‘shish mumkin. Masalan, barcha sevimlilarni bitta to‘plamga jamlash yoki mavzuli termalar yaratish uchun.

To‘plam qanday ulashiladi

Stikerlar to‘plamini ulashish uchun shunchaki kimgadir stikerlardan birini yuborish kerak. Suhbatdosh butun to‘plamni qo‘shish uchun unga bosishi yetarli. Har bir to‘plam o‘z unikal t.me havolasiga ham ega.

Shuningdek, bu yangilanishda barcha stikerlar va emojilar to‘plamlari uchun havolalarga razm solish imkoniyati ham qo‘shildi.