Markaziy bankning 23-aprel holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12711 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 22-aprel kuni belgilangan 12690 so‘m qiymatga nisbatan 21 so‘mga oshdi.

22-aprel kuni “Sanoatqurilishbank”, “KDB Bank Uzbekistan”, “Ipotekabank”, “Infinbank” va “Davrbankda sotish kursi 12775 so‘mni tashkil qilmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12770 so‘mdan 12730 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12710 so‘mdan 12630 so‘mgacha yetdi.