“Microsoft” “Windows 11” uchun “Paint” grafik muharririga sun’iy intellektga asoslangan yangi “Cocreator” vositasini qo‘shdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Uning yordamida foydalanuvchilar eskizlar va matnli takliflar asosida tasvirlarni yaratishi mumkin.

Qayd etilishicha, ilgari “Cocreator” faqat matn so‘rovlari bilan ishlagan.

“Cocreator” foydalanuvchi eskizlarini birlashtirish va ular asosida tasvir yaratish imkonini beradi.

Kelajakda foydalanuvchi matnli takliflar yordamida tafsilotlarni aniqlashtirishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, muallifning ishiga sun’iy intellekt aralashuvi darajasini tartibga solishi mumkin va bu yakuniy natija asl eskizdan qanchalik farq qilishini aniqlaydi.

“Microsoft” eskizlar bilan ishlash faqat matn tavsiflari asosida tasvirlarni yaratishdan ko‘ra tezroq deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, yangi vosita foydalanuvchi talablariga aniqroq javob beradigan natijalarga erishishga yordam beradi.


Avvalroq “Spot” “Microsoft” “Edge” brauzeriga “YouTube"dan videolarni tarjima qilish funksiyasini qo‘shishi haqida yozgandi.

Hozirda funksiya ispan tilidan ingliz tiliga, shuningdek, ingliz tilidan nemis, hind, italyan, rus va ispan tillariga tarjimani qo‘llab-quvvatlaydi.