Latviya kompaniyasi o‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini ishga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

22-may kuni O‘zbekiston elchisi Timur Rahmonov Latviya transport-logistika kompaniyasi “Kreiss” rahbari Dmitriy Chebayevskiy bilan uchrashdi.

Tomonlar transport va logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish, kadrlar tanlash, haydovchilarni tayyorlash va mamlakatda ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlarini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

Latviya tomoni o‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini “Kreiss” kompaniyasiga ishga joylashtirishda tashkillashtirilgan tartibda jalb qilishga qiziqish bildirildi.

Shuningdek, Toshkentdagi avtomaktablardan biri negizida og‘ir yuk avtotransport vositalari haydovchilarini simulyatsion-o‘qitish va tayyorlash markazini ochish loyihasini amalga oshirish rejalari haqida ma’lumot berdi.

Markaz kasbiy yaroqlilik to‘g‘risidagi Yevropa ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berish imkoniyatiga ega bo‘lishi qayd etildi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni kompaniyasi o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilishi haqida xabar berilgandi. “Kdot Partners” xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari, texniklar va hamshiralarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.