18 va 19-may kunlari Humo Arena muz saroyida Markaziy Osiyodagi tadbirkorlar hamda marketing va sotuv sohasidagi mutaxassislarni birlashtiruvchi eng yirik tadbirlardan biri bo‘lgan VI xalqaro Makon Marketing Forum biznes forumi tashkil qilindi. Forum doirasida nufuzli “Yil brendi 2023” mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, unda ekspertlar va O‘zbekiston iste’molchilarining fikriga binoan muvaffaqiyatli brend va kompaniyalar taqdirlandi.

MCA (Marketing Communication Agencies Group) — marketing kommunikatsiyalari sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, strategik rejalashtirish va reklama kampaniyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan. MCA agentligi marketing xizmatlari bozorida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi va haqli ravishda “Marketing agentligi” nominatsiyasida “Yil brendi 2023” yuqori unvoniga sazovor bo‘ldi. 26 yildan ortiq faoliyati davomida kompaniya turli toifalar va brendlar bilan ishlash jarayoniida noyob tajriba to‘pladi, shuningdek, bir biridan ajralib turuvchi kampaniyalarni ishlab chiqib, Markaziy Osiyo va Kavkaz bozorlarida ham xalqaro keyslarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Kompaniya butun dunyo bo‘ylab marketing va reklama tadqiqotlari, amaliyot va tushunchalarining eng yirik manbalaridan biri bo‘lgan WARC Britaniya-Amerika resursi bilan faol hamkorlik qiladi.

Marketing Communication Agencies Group o‘z faoliyatida strategik innovatsiyalarga katta e’tibor qaratadi, bu esa mijozlar biznesining ROI`sini maksimal darajada oshirishga imkon beradi. Tarmoq media vositalari va xususiy media modellari samarali kommunikatsiya rejasini tuzishga yordam berib, bu esa agentlikni yanada ishonchli biznes hamkorga aylantiradi. Kompaniya turli xil xizmatlarni taqdim etadi, jumladan:

  • media bozori va raqobatbardosh faoliyatni tahlil qilish;
  • multimedia rejalashtirish va media xaridlari;
  • reklama kampaniyasining samaradorligini tahlil qilish;
  • maqsadli auditoriyani o‘rganish va iste’mol voronkasi tahlili;
  • chastota va Cross-Media Reach hisoblari;
  • post-campaign hisobot;
  • reklama kampaniyalarini tahlil qilish va media-audit;
  • aloqa strategiyasini ishlab chiqish;
  • media konsultatsiyalari va treninglar.

Turli bozorlardagi ish tajribasi agentlikka boshqa mamlakatlardagi muvaffaqiyatli keyslarni mahalliy bozor sharoitlariga moslashtirish imkonini beradi. O‘zbekistonda Marketing Communication Agencies Group xalqaro tendensiyalardan doimiy xabardor bo‘lish va ularni ish faoliyatida qo‘llash maqsadida o‘z tadqiqotlarini olib bormoqda.

2023-yilda Marketing Communication Agencies Group ingliz tilidan rus tiliga terminlar tarjimasini o‘z ichiga olgan “Media rejalashtirish shartlari lug‘ati"ni tayyorladi. Kitobdagi barcha misollar O‘zbekiston bozori voqeligidan kelib chiqqan holda tasvirlangan. Lug‘atda 600 dan ortiq maqolalar va 250 dan ortiq qisqartmalar mavjud bo‘lib, bu uni media rejalashtirish va marketing sohasidagi mutaxassislar uchun ajralmas yordamchiga aylantiradi. Hozirda lug‘atning o‘zbek tiliga tarjimasi tayyorlanmoqda.

Marketing Communication Agencies Group tomonidan marketing va reklama sohasidagi taniqli mutaxassislarning qarori asosida berilgan “Yil brendi 2023” mukofoti agentlikning shu sohasidagi yuqori professionalligi va obro‘sini, shuningdek, agentlikning marketing kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini va bozor o‘zgarishlariga moslashish qobiliyatini ko‘rsatib beradi.

Sayt: mca.agency
Facebook: fb.com/mcauzbekistan
Instagram: @mca_uzbekistan

Reklama huquqlari asosida.