Markaziy bankning 28-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12679 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 6-may kuni belgilangan 12704 so‘m qiymatga nisbatan 24 so‘m 69 tiyinga pasaydi.

28-may kuni “Davrbank”, “Orient finans bank”, “Agrobank”, “Ziraat Bank Uzbekistan"da sotish kursi 12740 so‘mni tashkil qilmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12735 so‘mdan 12705 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12670 so‘mdan 12620 so‘mgacha yetdi.