“Qo‘qon Neftgaz Parmalash Ishlari” kompaniyasining davlat ulushi “Toshkent” respublika fond birjasiga joylashtirildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Kompaniya ustav kapitalidagi 61,3% davlat aksiyalar paketini xususiylashtirish rejalashtirilgan.

Jarayon “Toshkent” respublika fond birjasining MQQMP Nego savdo platformasi orqali birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni 33 424 89 dona (oddiy) aksiyani tashkil etadi. Bir dona aksiyaning savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi — 1 987,02 so‘m.

Aksiyalar paketining boshlang‘ich qiymati 66,41 mlrd so‘mni, emitentning ustav fondi miqdori 3,433 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Savdolar “Toshkent” RFBning maxsus platformasi, SPPZ NEGO- maydonchasida joriy yilning 1-iyulidan boshlanadi. Birja bitimi eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Davaktiv agentligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga +998 (90) 408 49 12 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.

Qo‘qon NGPI” neft va gaz quduqlarini burg‘ulash ishlarini tashkil qiluvchi kompaniya hisoblanadi.