“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi. Android va iOS uchun ilova 10.13 versiyasiga yangilandi.

Xabar effektlari

Endi yakkama-yakka chatlardagi xabarlarni animatsiyali effektlar bilan yuborish mumkin, ular qabul qiluvchi chatni ochganda ijro etiladi.

O‘pichlar, olovlar yoki yana nimadir bilan qoplangan ekranchalik hech narsa sevgi haqida so‘zlamaydi.

Har kim 6 ta bepul effektdan foydalanishi mumkin, “Telegram Premium” esa yuzlab yana boshqa effektlarni, jumladan, Premium stikerlardan barcha effektlarni ochadi.

Effekt qo‘shish uchun shunchaki “yuborish” strelkasini bosib turish va xabarga mos hissiyotni tanlash kerak. Ayni menyudan xabarni rejalashtirish yoki uni sukut holatida yuborish mumkin.

Media ustidagi izohlar

Postlar uchun illyustratsiyalar va mem reaksiyalar mos joyda ishlatilishi uchun izohlarni endi media ustiga ko‘chirish mumkin.

Buni bajarish uchun biriktirmalar menyusida mediani tanlash, keyin chiqadigan kiritish maydoniga izoh kiritish, yuborish strelkasini bosib turish va uning o‘rnini o‘zgartirish uchun “Izohni yuqoriga ko‘chirish bandini tanlash kerak.

Media yoki albomlarni tahrirlash orqali ularning izohlarini yuqoriga yoki pastga ko‘chirish ham mumkin — shunchaki xabarni tahrirlash, saqlash tugmasini bosib turish va “Izohni yuqoriga ko‘chirish” bandini tanlash kerak.

Heshteg orqali qidirish

2015-yildan buyon heshteglar yordamida #muhim xabarlarni (yoki #mushuklarni) chatlar orasida oson qidirish mumkin.

Navbatdagi yangilanishda global heshteglarni taqdim etildi. Istalgan chatdagi biror heshteg bosilsa, katta ommaviy chatlardan qidiruv natijalari ham ko‘rsatiladi — bu kanallardan tezkor #yangiliklarni tezda topish yoki #sayohat videolarini ko‘rib chiqish imkonini beradi.

“Ommaviy postlar” sahifasini kezganda siz ularni varaqlanadigan postlar tasmasi yoki guruh va kanallarning ixcham ro‘yxati sifatida ko‘rishni tanlashingiz mumkin.

Global heshteg qidiruvi faqat ommaviy guruhlar va ommaviy kanallardan xabarlarni o‘z ichiga oladi. Shaxsiy chatlardan xabarlar hech qachon ko‘rsatilmaydi.

Yig‘iladigan iqtiboslar

Endi xabarlaringizni yanada ixchamroq qilish uchun matn bo‘laklarini yig‘iladigan iqtibos bloklari ichida berkitish mumkin.

Shunchaki iqtibos formatlashini qo‘shing va kiritish maydonidagi yig‘ish tugmasini bosish kerak.

O‘quvchilar iqtibosni kengaytirish va o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi yoki uni o‘tkazib yuborish uchun kamroq varaqlaydi.

Telefon raqamlari uchun tezkor amallar

Chatda telefon raqamiga bosilganda shunchaki yana bir marta bosish orqali xabar yuborish, chaqiruv qilish yoki raqamni kontakt sifatida qo‘shish imkoniyatlariga ega yangilangan menyu ochiladi.

macOS uchun rangli chaqiruvlar

O‘tgan dekabrda Android va iOS uchun ovozli va video chaqiruvlarga dinamik fonlar va zamonaviy animatsiyalarni qo‘shilgan edi.

Endi ushbu interfeys yangilanishlaridan mahalliy macOS ilovasi foydalanuvchilari ham foydalanishi mumkin.

Bu esa desktop chaqiruvlarini chiroyliroq qiladi va avvalgidan kamroq resurslar bilan ishlatish imkonini beradi.