Mamlakatning 13 ta yetakchi banklari va to‘lov ilovalari ishtirok etgan mijozlarning raqamli tajribasini o‘rganish natijasida Uzum Bank O‘zbekiston banklari va to‘lov tizimlari orasida yetakchiga aylandi.

Markswebb reytingi ilovalardagi ommabop servislar — tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov, maʼlumotnomalarga buyurtma berish, karta raqamlari va bank rekvizitlari bo‘yicha o‘tkazmalar va boshqalar qanchalik qulay amalga oshirilganligini aks ettiradi — agentlik mutaxassislari ilovalarni jami 13 dan ortiq vazifalar bloklari bo‘yicha baholaydilar. Mamlakat fintex-bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini va xizmatlarning ishlashidagi farqni hisobga olgan holda, joriy yil Markswebb ikkita reytingni taqdim etdi:

  1. “Mobil banklar reytingi”;
  2. “Mobil banklar va to‘lov tizimlari ilovalari reytingi”.

Mutaxassislar Uzum Bank‘ni ketma-ket ikkinchi marotaba yuqori baholadilar — 2022-yilda ilova “bozoridagi eng qulay raqamli bank"ka aylangandi. Ekspertlarning fikricha, ular buni to‘lov tizimining to‘liq mobil bankka aylanishining namunasi sifatida ham qayd etishgan. Bu yil bank o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilab, O‘zbekistonning mobil banklari va to‘lov tizimlari reytingida yuqori 56,2 ballni, mobil banklarning umumiy reytingida 53,9 ballni qo‘lga kiritdi. Bankning kuchli jihatlari sifatida mutaxassislar provayderlarning to‘lovlarni amalga oshirish uchun turli xil shakllarini, cheklovlar va xavfsizlikni moslashuvchan boshqarishni va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning tezkor ishlashini taʼkidladilar.

Tadqiqotda O‘zbekistonning 13 ta banki va to‘lov tizimlari ishtirok etdi. Baholash uchun 2024-yilning 28-mart holatiga foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lgan Android ilovalaridan foydalanilgan.


Uzum Bank — raqamli bank, Uzum milliy raqamli ekotizimi servislaridan biri. Mamlakat bo‘ylab 15 mingta hamkor punktlarida Uzum Bank orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin va bank hamkorlarining qariyb 40%i Uzum Bank orqali to‘lashda 20%gacha keshbek taqdim etadi. Ilovada qulay to‘lov va P2P-o‘tkazmalaridan tashqari, har qanday tovar va xizmatlarga to‘lash uchun Uzum Nasiya’dan 25 milliongacha muddatli to‘lov rasmiylashtirish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.