“YouTube” ijodkorlarga video g‘oyalari, sarlavhalari va video eskizlari bilan chiqishga yordam berish uchun “Google"ning “Gemini” sun’iy intellekt modeli bilan integratsiyani sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda “TechCrunch” yozdi.
Kompaniya vakilining aniqlik kiritishicha, bu xususiyat hali ham ba’zi mualliflar uchun “kichik tajriba” doirasida mavjud.
“YouTube” fikr-mulohazalarni to‘playdi va uni kengaytirishga qaror qiladi.
Mualliflar funksiyani “YouTube Studio"da sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi: xizmat “Inspiration tool” va “Brainstorm with Gemini"ni tanlashni taklif qiladi.
Birinchi variant videolar uchun g‘oyalarni taklif qilishga ham taklif qiladi, biroq servis “Gemini” mashhur bo‘ladimi yoki yo‘qligini ko‘rmoqchi, deb yozadi “TechCrunch”.
Avvalroq “YouTube Shorts"da ovozlashtirish funksiyasi qo‘shilgani haqida yozgandi. Shuningdek, platforma endi videolar uchun avtomatik ravishda subtitrlar yaratadi.
Bundan tashqari, “YouTube” videolar uchun xayp tugmasini sinab ko‘rayotgani ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, u kam ma’lum bo‘lgan kanallarni rivojlantirishda yordam beradi.