Android qurilmalari uchun maxsus jihozlarsiz, faqat smartfon yordamida qon bosimini o‘lchash imkonini beruvchi yangi dastur ishlab chiqildi.

Ushbu dastur Pitsburg universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan. Puls bosimini baholash uchun akselerometr, kamera va sensorlardan foydalanadi.

Nashrning yozishicha, bu, ayniqsa, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun foydali hisoblanadi.

Ilova smartfon ekranidagi qo‘lning holati va barmoq bosimiga qarab gidrostatik bosimdagi o‘zgarishlarni tahlil qiladi.

Dastur orqali olingan natijalar an’anaviy bosimni o‘lchash usullari bilan olingan ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. Bunda farq taxminan 8 millimetr simob ustunini tashkil qiladi.

dastur, qon bosimini o'lchash, android

Dastur yaratuvchilari uning kam ta’minlangan aholi orasida tarqalishi uchun katta salohiyatga ega deb hisoblashadi.

Biotibbiyot muhandisi Ramakrishna Mukkamalaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ilova muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lmagan odamlarda gipertoniya kasalligini aniqlashga yordam beradi.


Avvalroq “Spot” Android smartfonlariga o‘g‘irlik aniqlanganda qulflash funksiyasi qo‘shilgani haqida yozgandi.

Smartfon foydalanuvchi qo‘lidan tortib olinganini va o‘g‘ri qochib ketganini tushunadi. Ekran bloklanadi, uni qulfdan chiqarish uchun PIN-kod va “Google” hisobi paroli talab qilinadi.