“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi.

Endi messenjerda mini-ilova ishlab chiquvchilar uchun hamkorlik dasturini ishga tushirish imkoni yaratildi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar sun’iy intellekt yordamida stikerlarni izlashi va hikoyalarida rasm va videolar bilan kollajlar yaratishi mumkin bo‘ladi.

Hamkorlik dasturlari

“Telegram” mini-ilovalar uchun “Hamkorlik dasturlari"ni taqdim etdi. Foydalanuvchilar va kanallar unga qo‘shilish orqali yulduzlar ishlab topishi mumkin.

Buning uchun “Yulduzlar balansi"dagi mavjud dasturlar ro‘yxati bilan tanishib, unikal referal havola olib, uni ulashish, dasturlar ro‘yxatida komissiya stavkasi yoki davomiyligi asosida saralash imkoni mavjud.

Referal havola orqali mini-ilovada “Telegram Yulduzlar” bilan xarid amalga oshirilsa, uning egasiga tranzaksiyalardan yulduzlar foizi beriladi. Bu dastur shartlarida ko‘rsatilgan muddat yoki dastur erta to‘xtatilganda ham komissiya taqdim etadi. Ular real vaqt rejimida balansda paydo bo‘ladi.

“Telegram"dagi istalgan mini-ilova yoki bot ishlab chiquvchisi o‘z “Hamkorlik dasturi"ni boshlashi va foydalanuvchilarni yo‘naltirganlarga kelajakdagi daromadlarining qancha foizini ulashmoqchi ekanini va uning davomiyligini belgilashi mumkin.

SI asosidagi stikerlar qidiruvi

Maxsus sun’iy intellekt modeli orqali stikerlar panelida bir nechta kalit so‘z bilan murakkab qidiruvlarni amalga oshirish mumkin. Qidiruv natijasida “Telegram"ning rasmiy to‘plamlaridagi 40 mingdan ortiq stikerlari orasidan javoblar ko‘rinadi.

Funksiya turli tillarda ishlaydi. “Premium” foydalanuvchilar yaxshilangan qidiruvdan emojilar bo‘limida ham foydalanishi, xabar paneli orqali esa tezkor stikerlar va emojilar taklifini olish, matn bilan tezda emoji kiritish uchun qisqartmalardan foydalanish mumkin.

Hikoyalarda kollajlar

“Telegram Hikoyalar"da 6 tagacha rasm yoki videoni turli tartiblarda birlashtirish (kollaj) mumkin. Media-faylni galereya yoki rasmga olish orqali qo‘shish mumkin.

Buning uchun ekranning yuqorisidagi variantlar yordamida maketlarni o‘zgartirish imkoni mavjud, rasmlarni kataklarda qayta joylashtirish uchun ushlab tortish yoki katakni o‘chirish, rasmni qayta olish kerak.

Media ustidagi izohlar

Chatlardagi media-fayllar uchun izohlarni yangi “Izohni yuqoriga ko‘chirish” tugmasi orqali yuqoriga ko‘chirish mumkin.

Avvalroq “Telegram” birinchi yarim yillikda sof foydasini $335 mlngacha oshirgani haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, ushbu davrda daromad $525 mlnga yetgan va o‘tgan yilga nisbatan 190%ga o‘sgan.