“UzAuto Motors” yana “Chevrolet Cobalt” avtomobili uchun kontraktatsiyani ochmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnoma berish jarayoni 11-dekabr kuni kuni soat 10:00da boshlanib, “GX-Style AT Plus” va “GX-Midnight AT” modifikatsiyasi uchun shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi.
Kompaniyaning qayd etishicha, avvalgi kontraktatsiyada tuzilgan shartnomalar uchun belgilangan vaqtda to‘lovi amalga oshirilmagan hajmlar qayta kontraktatsiyaga qo‘yiladi.
Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar onlayn tarzda savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
“Telegram"-bot hamda “UzAvtosavdo” ilovasi orqali esa navbatni kuzatish hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumot olish mumkin.
Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kun ichida amalga oshirilishi kerak. Savollar yuzasidan kompaniyaning +998 78−141−7777 raqami orqali ma’lumot olish mumkin.
Kompaniya 22-noyabr kuni “GX-Style AT Plus” va “GX-Midnight AT” uchun shartnoma tuzishi ma’lum qilingandi. Shu kuni, 10 soat ichida mazkur modellar uchun jami 55 494ta shartnoma berilgan.
Oradan bir hafta o‘tgach “UzAuto Motors” tuzilgan shartnomalar uchun to‘lovlar 2-dekabrgacha qabul qilinishini xabar berdi.