“Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 17−19−21−24−26−28-dekabr va 2025-yilning 7−9-11-yanvar kunlari mazkur yo‘nalishda qo‘shimcha 9ta qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

156-sonli “Toshkent — Urganch” yo‘nalishi:

  • Toshkent Markaziy 23:55 — Urganch 13:35.

155-sonli “Urganch — Toshkent” yo‘nalishi:

  • Urganch 18:00 — Toshkent Markaziy 09:47.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.

Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun 50% chegirma e’lon qilgandi. Chegirmalar joriy yilning 23-dekabridan 2025-yilning 10-yanvarigacha amal qiladi.

Chiptalarni elektron tarzda havola orqali olish mumkin.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi ham talabalar uchun 50% chegirma e’lon qilgandi.

Xususan, chegirma joriy yilning 23-dekabridan 2025-yilning 7-yanvarigacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun taqdim etiladi.