2024-yilning noyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etdi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan noyabr oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillarning o‘rtacha narxlari tahlil qilindi. Bunda olx.uz platformasidagi ma’lumotlardan foydalanilgan.

O‘tgan oyda o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobillar hamda xorijiy lyuks avtomobilllar o‘rtacha narxlari pasaygan bo‘lsa, mahalliy lyuks va elektromobillar narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari

Joriy yilning noyabr oyida ikkilamchi bozorda oktabr oyiga nisbatan:

  • “Onix”: o‘rtacha foydalanilgan — 4.8%ga ($14 600 dan $13 900 ga) , kam foydalanilgan — 5,4%ga ($14 900 dan $14 100 ga);
  • “Lacetti”: o‘rtacha foydalanilgan — 1.4%ga ($14 700 dan $14 500 ga), kam foydalanilgan — 1,1%ga ($15 200 dan $15 031 ga);
  • “Nexia”: o‘rtacha foydalanilgan — 0.9%ga ($11 500 dan $11 400 ga);
  • “Spark”: o‘rtacha foydalanilgan — 0.8%ga ($10 485 dan $10 400 ga);
  • “Labo”: o‘rtacha foydalanilgan — 2.4%ga ($8 300 dan $8 100 ga);
  • “Damas”: o‘rtacha foydalanilgan — 0.9%ga ($8 200 dan $8 125 ga), ko‘p foydalanilgan — 1%ga ($7 600 dan $7 527 ga) arzonlagan.

Mahalliy lyuks avtomobillar narxlari

Mazkur davrda kam va o‘rtacha foydalanilgan “Malibu"avtomobilining o‘rtacha narxlari mos ravishda 3,0% ($30 100 dan $31 000 ga) va 1,7%ga ($29 000 dan $29 500 ga) oshgan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgan “Equinox” o‘rtacha narxi 1,9%ga ($27 000dan $26 500ga) tushdi. Shuningdek, “Tracker” narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi.

Elektomobil narxlari

Noyabr oyida o‘rtacha foydalanilgan “BYD"ning “Han” va “Yuan Up” modellari o‘rtacha narxlari mos ravishda 1,6% ($36 500dan $35 900ga) va 2,4%ga ($21 mingdan $20 500ga) pasaygan.

Yangi “BYD E2” elektromobili 3,1%ga ($16 700dan $17 216ga) qimmatlashdi. “BYD” “Song Plus EV Chempion"ning narxi deyarli o‘zgarmadi (yangi — $29 ming, o‘rtacha foydalanilgan — $26 600).

Xorijiy lyuks avtomobillar narxlari

Hyundai “Elantra” va Kia “Sportage” rusumli kam foydalanilgan avtomobillar o‘rtacha narxlari mos ravishda 2,2% ($23 000 dan $22 500 ga) va 1,5%ga ($32 500 dan $32 000 ga), o‘rtacha foydalanilgani esa 1,6%ga (“Elantra” — $22 000 dan $21 650 ga va Kia “Sportage” — $31 500 dan $31 000 ga) pasaydi.

Shuningdek, ko‘p foydalanilgan Kia “K5” va Kia “Sportage” avtomobillar ham mos ravishda 1,2% ($26 300 dan $25 990 ga) va 3,4%ga ($31 mingdan $29 950ga) arzonlashgan bo‘lsa, Hyundai “Tucson” (ko‘p foydalanilgan — $25 ming, kam foydalanilgan — $33 ming), Hyundai “Santa FE” (ko‘p foydalanilgan — $35 ming, kam foydalanilgan — $45 900) rusumli avtomobillar narxida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Bunda, 2020−2024-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan so‘ng, oktabr oyi uchun 16,0 mingta, noyabr oyi uchun 17,3 mingta ma’lumotlar asosida taklif etilgan narxlar tahlil qilindi