Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident qarori bilan Yangi yil bayramida haftada 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — payshanba kuniga ko‘chirilgan. 6 kun ishlaydiganlar uchun esa 2-yanvar — payshanba qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.

28-dekabrdan 2025-yilning 2-yanvarigacha quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:

Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.

Bayram munosabati bilan poytaxtdagi 12ta bozorda arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi tashkil etildi. Toshkent shahar hokimligi mazkur savdo yarmarkalari orqali fuqarolar arzon narxlarda mahsulotlarni xarid qilishlari mumkinligini qayd etdi.

Toshkentdagi avtobuslar harakati 30−31 dekabrda yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi. Metro harakati esa ikki soat ko‘proq, ya’ni 31-dekabr kuni tonggi 5:00dan 1-yanvar tungi soat 02:00gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.