Hyundai Tucson — High-Tech komplektatsiyasidagi zamonaviy krossover avtomobil boshqarish zavqini, qulaylik va xavfsizlikni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan.

hyundai, reklama

Muhandislar va dizaynerlar Tucson muxlislariga quyidagilarni taklif etadi:

  • radiator panjarasi, old yurish chiroqlari va orqa bamperning yangi dizayni;
  • oltita zamonaviy rangdan iborat kuzov ranglari to‘plamiga qo‘shimcha ravishda modali mat yashil rang kiritildi;
  • to‘liq svetodiodli (LED), linzali, intellektual (aqlli) optika;
  • 12,3 dyuymli displey bilan jihozlangan, Apple CarPlay va Android Auto’ni qo‘llab-quvvatlovchi axborot tizimi;
  • 12,3 dyuymli panoramali egri displey;
  • rul ustunidagi uzatmalar qutisi selektori;
  • elektr uzatmali panoramali tom;
  • kruiz-nazorat;
  • o‘rindiqlar asl charm bilan qoplangan;
  • avtoturargoh va ko‘rinmas zonalar sensorlari.

Old tomondan bo‘ladigan to‘qnashuvlarning oldini olish tizimi va boshqa ko‘plab xavfsizlik funksiyalari bor. Hyundai Tucson’da sayohat qilishni qulay, shinam va xavfsiz qiladigan yana 30 dan ortiq texnologik imkoniyatlar mavjud.

Brend do‘stlari, hamkorlar va mijozlar uchun yana bir uchrashuvga sabab kompaniyaning 6 yilligini nishonlash bo‘ldi.

hyundai, reklama

Astana Motors kompaniyalar guruhiga kiruvchi Hyundai Auto Asia 2019-yil yanvar oyining oxirida o‘z faoliyatini boshlagan va o‘zbekistonliklarga Janubiy Koreyaning Hyundai avtomobil brendini taqdim etib keladi. Zamonaviy, ishonchli avtomobillar, kafolat siyosati, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va mijozlarga yo‘naltirilganlik asosiy shior sifatida avtohavaskorlar tomonidan iliq kutib olindi.

hyundai, reklama

“Olti yil oldin Astana Motors O‘zbekistonda Hyundai brendini taqdim etdi, u ishonchlilik va qulaylik ramziga aylandi. Bugungi kunda Hyundai Auto Asia — bu 16,500 dan ortiq sotilgan avtomobil, respublika bo‘ylab sakkizta dilerlik markazi va yuzlab yaratilgan ish o‘rinlaridir. Bizning ustuvor vazifamiz har doim yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va mijozlarga yo‘naltirilganlik bo‘lgan. Sizga rahmat, aziz mijozlarimiz! Hyundai’ga bo‘lgan ishonchingiz va sadoqatingiz bizni ilhomlantiradi”, — deya tadbirning rasmiy qismini ochib berdi Hyundai Auto Asia bosh direktori Doniyor Tolibjonov.

hyundai, reklama

Kompaniya brendning xalqaro standartlariga to‘liq amal qiladi:

  • 3S tizimi asosida ishlaydigan qulay dilerlik markazlari;
  • avtomobillarni sotish;
  • xizmat ko‘rsatish;
  • ehtiyot qismlari va qo‘shimcha jihozlarni realizatsiya qilish;
  • sinov avtomobillari parki;
  • oldindan xizmat ko‘rsatish;
  • avtomobillarning xarid qilish imkoniyatini oshirish uchun moliyaviy mahsulotlar taklifi;
  • Hyundai LMS’da ta’lim olgan sertifikatlangan xodimlar mavjud.

hyundai, reklama

“Olti yil oldin biz O‘zbekistonda ishonchli hamkor topdik va hamkorligimiz uzoq vaqt davom etishiga umid qilamiz”, — dedi Hyundai Motors MDH muvofiqlashtiruvchi direktori janob Kang kompaniyani tug‘ilgan kuni bilan tabriklash uchun maxsus tashrif buyurib.

hyundai, reklama

Hyundai Uzbekistan ikki marta “Yil brendi” mukofotining g‘olibi va TAFF mukofotining sovrindori bo‘ldi.

Hyundai Tucson’ni taqdim etish orqali kompaniya O‘zbekistonda taklif etilayotgan avtomobillarning model qatorini butunlay yangiladi hamda eng talabchan didga mos keladigan keng tanlovni taqdim etdi.

hyundai, reklama

Hyundai Staria. Zamonaviy miniven — biznes va butun oila bilan qulay sayohatlar uchun mukammal yechim. Komandir o‘rindiqlari, zamonaviy dizayn yechimlari va salondagi ilg‘or texnologiyalar maksimal qulaylik bilan sayohat qilish imkonini beradi.

Hyundai Santa Fe. Smartfonlar asosidagi raqamli kalit tufayli eng yaxshi axborot-ko‘ngilochar tizim va ulanish bo‘yicha mukofotga sazovor bo‘lgan bu avtomobil kompaniyaning innovatsion yondashuvi va mijozlar ehtiyojlariga e’tiborini tasdiqlaydi. Uning kuchli va dinamik ko‘rinishi nigohlarni o‘ziga tortadi va hayratda qoldiradi. Ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan. Kuzov rangini tanlash imkoniyati avtomobilga o‘ziga xos joziba beruvchi ranglar bilan kengaytirilgan.

Hyundai Palisade. Hyundai brendining flagman SUV’i yetakchilikning barcha fazilatlarini namoyish etadi. Bir vaqtning o‘zida ham atletik, ham nafis bo‘lgan ushbu avtomobil o‘zida ajoyib tashqi ko‘rinish va e’tibordan chetda qolmaydigan g‘ayrioddiy imkoniyatlarni mujassamlashtirgan. U Luxe Calligraphy premium komplektatsiyasida taqdim etilgan.

Hyundai Sonata. Bu model haqida ikki og‘iz so‘z bilan shunday deyish mumkin: u go‘zal. Kuzovning dadil dizaynerlik yechimlari, hashamatli va nafis saloni, innovatsion jihozlari, zamonaviy xavfsizlik tizimlari va maksimal funksionalligi bilan bu avtomobil xuddi jasoratli orzuga o‘xshaydi. U ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan.

Hyundai Elantra. Nafis dizayni, qulay salonning zamonaviy yechimi, ilg‘or xavfsizlik tizimlari va ajoyib yurish xususiyatlari tufayli dadil va shijoatli insonlarning to‘g‘ri tanloviga aylanadi. Avtomobil ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan.

23-yanvardan boshlab Janubiy Koreyaning Hyundai brendining yangilangan avtomobillarini yillik 14 foizdan boshlanuvchi stavka bilan kreditga sotib olish mumkin:

  • boshlang‘ich to‘lov 20 foizdan;
  • kredit muddati 60 oy;
  • barcha avtomobillarga 3 yil yoki 100 000 km gacha kafolat beriladi.

“Hyundai — eng yaxshisini tanlash”.

Qo‘shimcha ma’lumot olish, test-drayv yoki servis xizmatiga 1248 raqami orqali yozilish mumkin.

Sayt: hyundai.com
Facebook: fb.com/HyundaiUz
Instagram: @hyundai.uz
Telegram-kanal: t.me/Hyundai_uzbekistan
Telegram-bot: t.me/hyundai_uz_bot
Youtube: @hyundaiuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.