Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi IT Park nafaqat ofislar va startaplar klasteri, balki O‘zbekistonda barqaror qurilishning ilg‘or namunasidir. Mazkur kompleks xalqaro ekologik BREEAM sertifikatini oldi va yuqori energiya samaradorligi hamda ekologiya standartlariga mos ravishda qurilganini tasdiqladi. BREEAM nima, u nima uchun muhim va ushbu standartning tamoyillari sifatida kompleksda qanday “yashil” texnologiyalar qo‘llanilishi IT Park’da mujassamlangan va bu tuman aholisi, biznesi va atrof-muhitiga qanday foyda keltiradi — bamaterialida.
BREEAM nima va u IT Park uchun nega muhim?
“BREEAM — bu xalqaro miqyosda tan olingan barqarorlik baholash usuli bo‘lib, binolarning ekologik samaradorligini sertifikatlash tizimidir. U energiya iste’moli, suvni tejash, materiallar tanlovi va ekotizimga ta’sir kabi turli omillarni hisobga oladi”, — dedi ekologik qurilish mutaxassislari.
Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi IT Park ushbu maqomga ega bo‘lgan birinchi loyihalardan biri bo‘lib, bu O‘zbekistonning “yashil” texnologiyalarni rivojlantirishga intilishini tasdiqlaydi.
Loyihalash va qurilish jarayonida BREEAM’ning asosiy tamoyillari inobatga olingan. 2023-yilda IT markazining ikkita ofis binosi Very Good reytingi bilan sertifikatlangan. Bu, obyekt ekologik tozalikka, energiya samaradorligiga va resurslarni boshqarishda innovatsion yondashuvga mos kelishini anglatadi.
Gold Step Invest IT Parkda BREEAM standartlarini qanday amalga oshirdi?
IT Parkning bosh pudratchisi Gold Step Invest bo‘lib, bu kompaniya loyihani amalga oshirishda muhim rol o‘ynadi. Uning mutaxassislari boshidanoq xalqaro ekologik standartlarga asoslangan holda energiya samaradorligi va resurslardan oqilona foydalanish tamoyillarini joriy etdi.
BREEAM talablariga javob berish uchun zamonaviy texnologiyalar va qurilish yechimlari ishlatilgan. Binolarga past issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega ikki qavatli shisha oynalar o‘rnatildi, bu esa issiqlik yo‘qotilishini kamaytirib, elektr energiya sarfini pasaytirishga yordam beradi. Suvni tejash tizimlari joriy etilib, yashil maydonlarni sug‘orish uchun qayta ishlatilgan suvdan foydalanish texnologiyalari qo‘llanildi. Qurilishda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan sertifikatlangan ekologik materiallar ishlatilgan. Yorug‘lik va iqlimni boshqarish uchun zamonaviy muhandislik tizimlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish va ish sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
BREEAM O‘zbekistonda devlopment uchun nega muhim?
O‘zbekistonda BREEAM standartlarini qurilish loyihalarida qo‘llash barqaror rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Xalqaro ekologik normalarni joriy qilish natijasida binolar energiya jihatidan samaradorroq bo‘lib, ekspluatatsiya xarajatlari kamayadi va shahar muhitining sifati yaxshilanadi. Bunday loyihalar ekologik barqarorlik bo‘yicha yuqori talablarni bajargani uchun xalqaro investorlarni jalb etadi.
Golden Step Invest O‘zbekistonda xalqaro barqaror qurilish standartlarini amalga oshirgan birinchi qurilish kompaniyalaridan biridir. Uning IT Park kabi sertifikatlangan obyektlar bilan ishlash tajribasi devloperlar uchun yangi sifat mezonlarini belgilaydi. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va mas’uliyatli qurilish yondashuvi orqali Gold Step Invest nafaqat qulay, balki atrof-muhitga minimal ta’sir ko‘rsatadigan loyihalar yaratmoqda.
Gold Step Invest va Toshkentda “yashil” qurilishning kelajagi
IT Park nafaqat texnologik markaz, balki ekologik mas’uliyatli devlopment namunasi bo‘ldi. BREEAM standartlarini joriy etish energiya tizimiga yukni kamaytirish, tuman ekologik holatini yaxshilash va kompleksning investitsion jozibadorligini oshirishga yordam berdi.
Ushbu loyihaning muvaffaqiyati O‘zbekistonda ekologik qurilish shunchaki trend emas, balki real haqiqat ekanligini isbotlaydi. IT Park loyihasi va Gold Step Invest kompaniyasining ushbu jarayondagi ishtiroki barqaror qurilish tamoyillari kelajak shaharlarini yanada qulay va energiya jihatidan samarador qilishini ko‘rsatmoqda.
Reklama huquqlari asosida.