Microsoft Bing‘ga o‘rnatilgan yangi sun’iy intellektli qidiruv tizimi — Copilot Search’ni ishga tushirdi.

Bu an’anaviy qidiruvni yanada “aqlli” va muloqotga asoslangan vosita bilan almashtirish yo‘lidagi yana bir qadamdir.

Copilot Search sun’iy intellekt asosida ishlaydi, tabiiy tilni qo‘llab-quvvatlaydi va xuddi chat-bot singari muloqot qiladi.

Avvalgi Copilot Answers funksiyasidan farqli o‘laroq, yangi qidiruv tizimi Copilot va ChatGPTga o‘xshash alohida interfeysga ega.

Foydalanuvchi savollarni aniq ta’riflarsiz berishi mumkin — masalan, “Farengeyt bo‘yicha 57 daraja Selsiyda qancha bo‘ladi?” deb so‘rashi va nafaqat natijani, balki tushuntirishni ham olishi mumkin.

Copilot Search suhbat kontekstini tahlil qiladi, oldingi so‘rovlarni hisobga oladi va yanada aniq hamda batafsil javoblar beradi. Bu uni murakkab yoki ko‘p bosqichli qidiruv vazifalari uchun qulay vositaga aylantiradi.

Hozircha Copilot Search Rossiya foydalanuvchilari uchun mavjud emas, ammo Microsoft kelajakda uning geografiyasini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Yangi qidiruv tizimi raqobatchilar — Gemini 2.0 bilan Google, SearchGPT bilan OpenAI va onlayn qidiruv sohasiga sun’iy intellektni faol joriy etayotgan boshqa ishtirokchilarning sa’y-harakatlariga javoban yaratildi.


Avvalroq Spot Microsoft shifokorlar uchun Dragon Copilot sun’iy intellekt yordamchisini taqdim etgani haqida yozgandi.

Uning asosiy vazifasi hujjatlarni avtomatlashtirish va ma’lumotlarni qidirish orqali shifokorlarning ish yuklamasini kamaytirish hisoblanadi.