Starbucks AQShda 3D-printerda bosib chiqarilgan o‘zining birinchi qahvaxonasini ochdi. Bu haqda Tom’s Hardware nashri xabar berdi.
U Texasning Braunsvill shahrida joylashgan. Bino maydoni 130 kvadrat metr bo’lib, olti oydan kamroq vaqt ichida qurib bitkazildi.
Qayd etilishicha, uni qurish $1,2 mlnga tushdi — bu oddiy qahvaxona qurilishidan deyarli ikki barobar arzonroq.
Qurilish loyihalari uchun 3D bosib chiqarish texnologiyasi real dunyoda 3D raqamli fayllarni amalga oshirishda qo‘llanadigan odatiy uskunalardan ancha farq qiladi.
Odatiy 3D printerlardan farqli o‘laroq, Peri 3D Construction BOD2 qurilmasi plastmassa emas, balki sementga o‘xshash material chiqaradi.
Qurilish 3D-bosma jarayoni juda katta ko‘lamda amalga oshiriladi va bu holda robot tomonidan bajariladi.
Nashrning ta’kidlashicha, Braunsvilldagi yangi 3D chop etilgan “Starbucks” nisbatan katta do‘kon bo‘lmaydi.
Unda faqatgina buyurtmalarni tarqatish uchun mobil stol va yo‘l-yo‘lakay xizmat ko‘rsatish uchun joy bor, ichkarida o‘tiradigan joylar umuman yo‘q. Osib qo‘yilgan yozuvlarga ko‘ra, bu yerda buyurtmalarni shaxsan qabul qilish tizimi mavjud emas.
Avvalroq Spot Starbucks buyurtma qilmaydigan mijozlar uchun kafe va hojatxonalaridan foydalanishni cheklagani haqida yozgandi.
Xodimlar qoidabuzarlardan muassasani tark etishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Yangi qoidalar Shimoliy Amerikadagi barcha tarmoq muassasalarida amal qiladi.