Tasmaniyadagi Incat kemasozlik zavodida dunyodagi eng yirik akkumulyator batareyali kema suvga tushirildi.

Uzunligi 130 metr bo‘lgan Hull 096 paromi Urugvayning Buquebus kompaniyasi uchun qurilgan va ekologik kemachilik flagmaniga aylanadi.

Kema sakkizta suv otiladigan dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, e’lon qilingan energiya tizimi quvvati 40 MVt soatni tashkil etadi. Bu 600 ta elektromobil zaryadi miqdoriga teng.

Parom 2100 nafargacha yo‘lovchi va 225 ta avtomobilni sig‘dira oladi hamda bir marta zaryadlanganda 100 dengiz milyasi masofani bosib o‘tishi mumkin.

“Bu shunchaki kema emas — bu dengiz transportining kelajagi”, — dedi Incat direktori Stiven Keysi.

Keysining aytishicha, yangi parom bugunning o‘zida yirik hajmli transportning butunlay elektr bilan ishlay olishini isbotlamoqda.

Kema dastlab tabiiy gazda ishlashi mo‘ljallangan China Zorrilla kemasi asosida yaratilgan. Hull 096 Avstraliyaning eng zamonaviy kemasozlik texnologiyalari asosida qurilgan bo‘lib, 2300 kvadrat metrlik katta boj to‘lanmaydigan savdo maydoniga ega.

Parom 2026-yil boshida, yurish sinovlari tugagandan so‘ng tijoriy foydalanishni boshlashi va Janubiy Amerikaning eng gavjum yo‘nalishlaridan biri — Buenos-Ayres-Montevideo yo‘nalishida harakatlanishi kutilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Hull 096 dengiz transporti uchun yangi standartlarni o‘rnatmoqda. Uning akkumulyator tizimi avvalgi dengiz yechimlaridan 4 barobar kuchliroq bo‘lib, kelajakda “yashil” kemachilik loyihalari uchun namuna bo‘lishi mumkin.


Avvalroq Spot Saudiya Arabistonida sayyohlar uchun elektr suv taksisi ishga tushirilishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, mazkur suv taksilarini mamlakatga yetkazib berish 2026-yilgacha boshlanadi.