Microsoft Windows 11da yangi funksiyani e’lon qildi. Bu haqda Kod Durova xabar berdi.
Bunda o‘rnatilgan sun’iy intellekt foydalanuvchining ovozli yoki matnli so‘roviga asosan tizim parametrlarini mustaqil ravishda o‘zgartira oladi.
Sun’iy intellekt “Sozlamalar” ilovasiga o‘rnatiladi va Copilot+ bilan jihozlangan kompyuterlarda ishlaydi.
Foydalanuvchi, masalan, “Qora mavzuni qanday yoqsam bo‘ladi” yoki “Kursorni kattalashtir” deb aytsa yoki yozsa kifoya — shunda tizim nafaqat kerakli bo‘limni topadi, balki ruxsat berilganda o‘zgarishni o‘zi qo‘llaydi. Bu murakkab menyularda variantlarni qo‘lda qidirish zaruratidan qutqaradi.
Yordamchi tabiiy til asosida ishlaydi va sozlamalar oynasining yuqori qismidagi qidiruv satri orqali ishga tushiriladi. Ilova interfeysi o‘zgarmaydi — hech kim odatiy qo‘lda sozlash imkoniyatidan mahrum bo‘lmaydi.
Yangilik yangi foydalanuvchilar uchun operatsion tizim bilan ishlashni osonlashtirishga va tajribali foydalanuvchilarning kundalik vazifalarini tezlashtirishga mo‘ljallangan.
Avvalroq Spot Windows 11da video va audio yozuvlar uchun sun’iy intellekt qidiruvi funksiyasi paydo bo‘lishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, aqlli qidiruv funksiyasi foydalanuvchilarga o‘z qurilmalarida saqlangan audio va video fayllar ichidan kerakli ma’lumotlarni bir zumda topish imkonini beradi.