Akfa turk kompaniyasi bilan birgalikda AQShda fabrika qurishni boshlaydi. Bu haqda Akfa Group asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bu yerda [Kentukki shtatida] alyuminiy mahsulotlari, shuningdek, avtomobillar, quyosh panellari va oynalar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdamiz. Biz allaqachon [loyihani amalga oshirishni] boshladik. Birinchi yilda $105 mln investitsiya jalb qilinadi. Bundan tashqari, AQShdagi fabrikamizga $600 mln sarmoya jalb qilinmoqda”, — dedi tadbirkor.
2024-yil fevral oyida AKFA kompaniyalar guruhiga kiruvchi Benkam kompaniyasi AQShga alyuminiy profillarining birinchi yetkazib berishini amalga oshirdi. Akfa Group AQSh va Shimoliy Amerika bozorini eksportning ustuvor yo‘nalishi deb atadi.
Sentabr oyida Akfa Group va Cleveland Clinic o‘rtasida ko‘p tarmoqli klinika va ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha kelishuv almashildi.
Marosim Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi, prezident davra suhbati doirasida Amerika kompaniyalari va investitsiya fondlari rahbariyati bilan uchrashdi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda Burger King restoranlari bir yoki bir yarim oydan keyin ochilishi haqida yozgandi.
2025-yilning oxirigacha Toshkentda Amerika tarmog‘ining dastlabki uchta muassasasi faoliyat boshlaydi: ular Tashkent City Mall, Seoul Mun va Alpomish muz saroyi yonida joylashadi.
