Yangi yil bayramlari davri odatda qizg‘in xaridlar bilan o‘tadi: yaqinlarga sovg‘alar, oilaviy sayohatlar, mavsumiy chegirmalar va o‘nlab yoqimli mayda-chuyda ishlar. Bu paytda xaridlarni bemalol, ortiqcha asabbuzarlik va to‘lovlarsiz amalga oshirish imkonini beradigan moliyaviy vositaga ega bo‘lish, ayniqsa, muhim. InfinBANK’ning InfinBLACK kredit kartasi aynan ana shunday vositalardan biri.

100 mln so‘mgacha bo‘lgan yuqori kredit limiti g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish uchun ko‘proq imkoniyat yaratadi. Ya’ni mijozlar chindan ham istalgan barcha narsani sotib olishi mumkin bo‘ladi:

  • zamonaviy texnika;
  • zargarlik buyumlari;
  • sayohatlar;
  • butun oila uchun yangi kiyim-kechak.

Kartaning katta limiti sababli, ayniqsa, dekabrda — xarajatlar an’anaviy tarzda ko‘payib boradigan mahalda xaridlar qilish yanada qulayroq bo‘ladi.

InfinBLACK’ning asosiy afzalligi — 50 kungacha bo‘lgan foizsiz davr, bu xarajatlarni vaqt doirasida xotirjam taqsimlash imkonini beradi. Xaridlarni bayram mavsumida, chegirmalar hamda takliflar jozibali bo‘lgan paytda qilish mumkin va hisob-kitobni keyinroq, ortiqcha to‘lovlarsiz amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bu moliyaviy moslashuvchanlikni qadrlaydiganlar uchun qulay yechim.

Kartani rasmiylashtirgandan so‘ng darhol foydalanish mumkin, jarayonning o‘zi esa atigi bir necha daqiqa vaqt oladi. So‘rov InfinBANK mobil ilovasi orqali, ofisga bormasdan va ortiqcha hujjatlarsiz topshiriladi.

Bayramoldi tashvishlari ko‘pincha shoshilinchda o‘tadi. InfinBLACK bu davr yanada osoyishta va xotirjam o‘tishiga yordam beradi: mablag‘ yetishmasligidan xavotirlanib, xarajatlarni aniq va rejali tarzda taqsimlash, barcha xaridlarni esa maksimal qulaylik bilan amalga oshirish mumkin.

InfinBLACK — bu odamni o‘zi va yaqinlari uchun aynan o‘ylab qo‘ygan sovg‘alari bilan xursand qilish hamda buni unumli, qulay va o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyati.

Kartani ochish uchun havola.

Reklama huquqlari asosida.