O‘zbekistonning o‘nta hududida metan “zapravka"lardagi ish vaqtlari maʼlum qilindi. Bu haqda Hududgaztaʼminotning hududiy filiallari matbuot xizmatlari xabar berdi.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga kiritilgan cheklovlar hokimliklar bilan kelishilgan.
Reja-grafik quydagicha belgilangan:
- Toshkent shahridagi 78 ta metan zapravka ishi soat 06:00 dan 23:00 gacha;
- Andijon viloyatidagi 143 ta metan zapravka ishi soat 05:00 dan 17:00 gacha;
- Namangan viloyatidagi 134 ta metan zapravka ishi soat 05:00 dan 17:00 gacha;
- Farg‘ona viloyatidagi 173 ta metan zapravka soat 06:00 dan 18:00 gacha;
- Qoraqalpog‘istondagi 124 ta metan zapravka soat 06:00 dan 18:00 gacha;
- Sirdaryo viloyatidagi 53 ta metan zapravka soat 06:00 dan 18:00 gacha;
- Navoiy viloyatidagi 51 ta metan zapravka soat 06:00 dan 19:00 gacha;
- Xorazm viloyatidagi 94 ta metan zapravka soat 05:00 dan 17:00 gacha;
- Samarqand viloyatidagi 135 ta metan zapravka soat 05:00 dan 17:00 gacha;
- Surxondaryo viloyatidagi 106 ta metan zapravka soat 06:00 dan 17:00 gacha.
11-dekabr kuni Energetika vazirligi metan “zapravka"lar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritilishini xabar qilgandi. Bunga qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov avariya oqibatida O‘zbekistonda 6 mln kub metr gaz taqchilligi yuzaga kelganini taʼkidladi.
Avvalroq gazlashtirilmagan uylar uchun elektr energiyasi tariflari 50% ga pasaytirilishi aytilgandi.
