Amerikaning Operation Bluebird startapi AQSH Patent va savdo belgilari idorasiga X Corp.'ning “Twitter” va “tweet” savdo belgilariga bo‘lgan huquqlarini bekor qilishni so‘rab rasmiy ariza topshirdi. Bu haqda Ars Technica xabar bermoqda.

Tashabbus mualliflarining ta’kidlashicha, Ilon Maskning kompaniyasi bu brendlarni huquqiy jihatdan “tashlab qo‘ygan”. Petitsiyada qayd etilishicha, Twitter va Tweet nomlari X Corp. mahsulotlari va marketingidan to‘liq olib tashlangan, hozirgi egasi ularni qayta ishlatish niyatiga ega emas.

Dalil sifatida Maskning 2023-yil iyulidagi brend bilan xayrlashganini bildirgan bayonoti ham keltirilgan.

Agar idora talabni qondirsa, Operation Bluebird twitter.new nomli yangi ijtimoiy tarmoqni, ehtimol, keyingi yil oxirida ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Loyiha allaqachon ishchi prototipga ega bo‘lib, unda nikni zaxiralash mumkin.

Startap asoschilari — huquqshunoslar Maykl Peroff va Stiven Kouts (Twitter'ning asl nusxasidagi sobiq bosh yurist maslahatchisi) Twitter’ning mashhur logotipi va ruhini qayta tiklashni istayapti. Zaharli tarkib tufayli X’ni tark etgan reklama beruvchilarni qaytarish uchun moderatsiyaga alohida e’tibor qaratiladi.

Intellektual mulk huquqi bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, X Corp. himoya masalasida jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin.

AQSH qonunlariga ko‘ra, agar xizmat egasi uni ommaviy ravishda qayta nomlasa va saytdan eski nomni olib tashlasa, huquqlardan voz kechish to‘g‘risidagi dalil muhim ahamiyat kasb etadi.

2023-yilning iyun oyida Twitter o‘z nomini “X"ga o‘zgartirishi ma’lum qilindi. Undan keyin, iyul oyida ijtimoiy tarmoq yangi muqobil manziliga (X.com) ega bo‘ldi.