O‘zbekiston aeroportlari birinchi chorakda qariyb 4 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot ximati.

2026-yilning yanvar-mart oylarida 3,9 mlndan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi, shundan 3,3 mln nafar yo‘lovchi xalqaro yo‘nalishlarda, 663 554 nafar yo‘lovchi esa ichki yo‘nalishlarda uchgan. 2025-yilning birinchi choragiga nisbatan yo‘lovchi oqimi bo‘yicha o‘sish 19% ni tashkil etdi.

Dastlabki uch oyda O‘zbekiston aeroportlari 30 859 ta aviareysga xizmat ko‘rsatdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10% ga ko‘pdir.

Qayd etilishicha, yo‘nalishlar kesimida 22 ming 885 ta reys xalqaro, 7974 tasi esa ichki yo‘nalishlarga to‘g‘ri keldi.

Toshkent eng yirik aeroporti bo‘lib qolmoqda va poytaxt aeroporti 2,56 mln yo‘lovchiga hamda qariyb 19 mingta reysga xizmat ko‘rsatgan.

Hududiy aeroportlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlarni quyidagilar qayd etdi:

  • Samarqand-376,4 ming yo‘lovchi;
  • Urganch-222 ming yo‘lovchi;
  • Namangan-210,1 ming yo‘lovchi;
  • Farg‘ona-161,2 ming yo‘lovchi.

Yuk tashish segmentida ham ijobiy dinamika saqlanib qolmoqda. Birinchi chorakda mamlakat aeroportlari orqali 19 ming 783 tonna yuk va pochta o‘tkazildi, bu ham o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14% ga ko‘pdir.

2025-yilda O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar oqimi 15,5 mlndan oshgani haqida xabar berilgandi.

Umumiy yo‘lovchilar oqimi 14% ga oshdi. Ulardan 12 mln 707 ming 101 nafari xalqaro reyslarni, 2 mln 797 ming 163 nafar yo‘lovchi esa ichki reyslarni amalga oshirgan.

Amalga oshirilgan yo‘lovchi parvozlar soni 2024-yilga nisbatan 14% ga, yuk va pochta jo‘natmlari hajmi 12% ga oshdi.


Avvalroq Spot Farg‘ona xalqaro aeroportida yangi terminal qurilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.