Avvalroq, Octotelecom kontent-provayderi Humo kartalari bo‘yicha 13131 qisqa raqamidan yuboriladigan SMS-xabarnomalar narxi 168,4 so‘mga oshirilishi haqida xabar bergan edi.
Humo to‘lov tizimi operatori — Milliy banklararo protsessing markazi ushbu narx avvalgi darajada saqlanib qolinishini ma’lum qildi.
Kompaniya foydalanuvchilar murojaatlari va “xizmat ahamiyatini inobatga olib”, Octotelecom’ga amaldagi tarifni saqlab qolish bo‘yicha rasmiy xat yuborgan. Qo‘shimcha tahlil natijasida uni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 1-maydan boshlab 13131 raqamidan kiruvchi SMS-xabar narxi o‘zgarishsiz qoladi va bitta xabar uchun 84,2 so‘mni tashkil etadi.
Bu chora vaziyatni birgalikda baholash va karta egalariga moliyaviy yuklamani oshirmasdan xizmatning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Shuningdek, to‘lov tizimi SMS-xabarnomalar foydalanuvchilar uchun muhimligini ta’kidlab, kelajakdagi har qanday o‘zgarishlar foydalanuvchilar manfaatlari hisobga olingan holda baholanib, rasmiy kanallar orqali o‘z vaqtida e’lon qilinishini bildirdi.
Avvalroq Spot Uzcard bank kartalaridan qarzlar bo‘yicha to‘lovlarni avtomatik ravishda yechib olishni cheklagani haqida yozgan edi.