UzAuto Motors Chevrolet Cobalt avtomobili uchun onlayn kontraktatsiyani ochdi.

Shartnomalarni 28-aprel soat 10:00 dan boshlab uzavtosavdo.uz sayti orqali onlayn yoki Chevrolet rasmiy dilerlik markazida rasmiylashtirish mumkin.

Telegram-bot hamda UzAvtoSavdo (iOS/Android) mobil ilovasi orqali navbatni kuzatish va mavjud avtomobillar haqida ma‘lumot olish imkoniyati mavjud.

Tuzilgan shartnomalar uchun 7 kun ichida to‘lov qilinishi kerak. Tuzilgan shartnomalarda maxsus QR-kod mavjud bo‘lishi shartnomaning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Agar ular bo‘lmasa, shartnomalarga UzAuto Motors va Chevrolet rasmiy dilerlari aloqador emas hisoblanadi. Mijozlar diqqatli bo‘lishi va shartnoma tuzishda QR-kod mavjudligini tekshirishlari kerak.

Saytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Cobalt’ning GX-Style AT Plus versiyasi narxi 156,1 mln so‘mni, GX Midnight AT versiyasi esa 165,2 mln so‘mni tashkil etadi. Ularni yetkazib berishning taxminiy muddati — joriy yilning 31-mayigacha.

Avvalroq Spot O‘zbekiston Qozog‘iston va Afg‘onistonga BYD elektromobillarini eksport qilishi haqida yozgan edi.