Toshkent shahrida fuqaroning $500 minglik omonatini o‘zlashtirgan bank xodimlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Tijorat bankining mas‘ul shaxslari fuqaro I.M.ning bank omonatiga qo‘yilgan $500 mingni soxta hujjatlar asosida qo‘lga kiritgan.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchilar ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi ning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Spot, avvalroq, banklar 175 mln so‘mdan yuqori operatsiyalarda mijozlarni tekshirishni kuchaytirishi haqida yozgandi.