Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Departamenti xabar berdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, xususiy bandlik agentliklarining sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat uyushgan guruh Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema tashkil qilgan.

Ular 35 nafar fuqarodan jami $263,5 ming olgan.

Mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tergovda Koreyaga ishga yuborish uchun jinoiy guruh tomonidan rasmiy to‘lovlardan tashqari firibgarlik yo‘li bilan $7−12 mingdan qariyb $90 mln yig‘ilgani maʼlum bo‘ldi.

Koreyaga ishga yuborilmagan 600 dan ziyod fuqarodan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori aniqlandi. Hozirda undirish choralari ko‘rilmoqda.

Jinoiy guruh 230 nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborishi evaziga $580 ming, Koreyaga yuborilgan 1 ming nafar fuqarodan noqonuniy ravishda $5,6 mln — jami $45 mlnni olgani maʼlum bo‘ldi.

Yanvar oyida Andijon viloyati va Janubiy Koreyaning Jeollabuk-do provinsiyasi mavsumiy ishchilarni yuborish masalasida kelishuvga erishgandi.

Spot, avvalroq, Saudiya Arabistoni O‘zbekistondan shifokor va quruvchilarni ishga jalb qilishi haqida yozgandi.