8-iyundan boshlab Toshkent shahridan Qirg‘izistonning Cho‘lponota (Issiqko‘l) kurort shahrigacha mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qatnovlar haftaning juft kunlarida Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi.

Chipta narxi 365 ming so‘m etib belgilangan. Qatnovlarni Uzautotrans Service amalga oshiradi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: +998712078700, +998941319999, +998886661515.


Avvalroq Spot Asman Airlines 24-iyundan Toshkent va Issiqko‘l o‘rtasida muntazam parvozlarni boshlamoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Birinchi bosqichda Toshkent-Tamchi (Issiqko‘l) yo‘nalishi bo‘yicha reysni ishga tushirish rejalashtirilgan. Parvozlar Dash 8−400 turidagi havo kemalarida amalga oshiriladi.

Kelgusida O‘sh, Qoraqo‘l va Bishkek yo‘nalishlarini ochish, O‘zbekistonning boshqa hududlariga ham aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish ko‘rib chiqilmoqda.