O‘zbekistonliklar Fransiyadagi mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolar mamlakatning Maine-et-Loire va Rhône hududlaridagi dalalarda ishlashlari mumkin. Meva dalalarida ish joriy yilning 17-avgustidan, sabzavot dalalarida esa 1-oktabrdan boshlanadi.
Nomzodlar 25−45 yosh, qishloq xo‘jaligida kamida 3 yillik tajriba ega bo‘lishi, fransuz tilini muloqot darajasida bilishi kerak. Sudlanmagan erkak va ayollar ariza topshirishlari mumkin.
Oylik maosh oyiga 1650 yevroni tashkil etadi.
Nomzod viza uchun, jumladan, Fransiya elchixonasi to‘lovi (99 yevro), milliy viza turi hamda TLS Contact markazi xizmatiga to‘lovlarni o‘zlari amalga oshirishlari kerak. Shu bilan birga, aviachipta, yotoqxona va transport (oyiga 275 yevro), oziq-ovqat xarajatlari ham talablar hisobidan qoplanadi.
Nomzod ishga joylashganidan so‘ng, viza va aviachipta uchun sarflangan mablag‘larning bir qismi Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi.
Tanlov ish beruvchi vakillari tomonidan onlayn tartibda o‘tkaziladi. Nomzodlar Xorijda ish platformasi orqali 20-iyunga qadar anketa to‘ldirishlari zarur.
Batafsil ma’lumtolarni 71 202−33−55 (545) yoki 1282 raqamlari orqali olish mumkin.
Avvalroq o‘zbekistonliklar Qatarga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.